7-oktabr kuni Toşkentda Jahon paxta kuniga bağişlangan xalqaro konferensiya bölib ötdi. Unda BMTning Oziq-ovqat va qişloq xöjaligi taşkiloti (FAO), Jahon savdo taşkiloti, Xalqaro paxta maslahat qömitasi (ICAC) rasmiylari hamda 30 dan ortiq davlatdan soha mutaxassislari iştirok etdi. Kun.uz muxbiri konferensiya doirasidagi muhokamalarni kuzatdi.

Jahon paxta kuni 2019-yilda Afrikadagi törtta paxtakor davlat - Benin, Burkina-Faso, Mali va Çad taşabbusi bilan joriy etilgan bölib, har yili 7-oktabrda Jahon savdo taşkiloti va BMT kömagida nişonlanadi. Asosiy tadbir 2024-yilda Beninda, 2025-yilda Italiyada ötgan. Bu yil konferensiya ilk marta Markaziy Osiyoda ötdi: 2025-yil noyabrida prezident Şavkat Mirziyoyevning AQŞga taşrifi çoğida vazir Abdurahmonov va Xalqaro paxta maslahat qömitasi (ICAC) ijroçi direktori Erik Traxtenberg bilan 2026-yilgi tadbirni Özbekistonda ötkazişga kelişgan.

Özbekiston uçun bu kun alohida maʼnoga ega. Anjumanda namoyiş etilgan rasmiy videorolikda aytilganidek, Xalqaro mehnat taşkiloti 2021-yilda Özbekistondagi paxta terimida tizimli majburiy mehnat tugatilganini eʼtibor etgan, 2022-yil 10-martda esa Cotton Campaign koalitsiyasi özbek paxtasiga qarşi boykotni rasman bekor qilgan. Şundan keyin Özbekiston öz paxtasini xalqaro maydonda yana erkin sota boşladi.

Vazir “5D” deganda nimani nazarda tutdi?

Ibrohim Abdurahmonov / Foto: Qişloq xöjaligi vazirligi matbuot xizmati

Özbekiston qişloq xöjaligi vaziri, biologiya fanlari doktori Ibrohim Abdurahmonov nutqining asosiy qismini “5D” deb atagan tamoyillarga bağişladi - inglizça diversify, doable, design, discipline, durable sözlarining boş harflari. Yaʼni navlar va texnologiyalarni xilma-xil qiliş, qoidalarni fermer bajara oladigan darajada soddalaştiriş, dalani aniq sxema böyiça rejalaştiriş, intizom va barqarorlik.

Vazirning aytişiça, iqlim tez özgarayotgani uçun bitta nav va bitta usulda qolib bölmaydi, şuning uçun Özbekiston dunyoning turli seleksiya markazlaridan navlarni keltirib sinagan va moslaştirgan. “Biz har qanday agrotexnologiyaga oçiqmiz”, dedi Abdurahmonov.

Uning sözlariga köra, paxtaçilikdagi texnologiyalarning köpi fermer uçun murakkab bölgani sababli qöllanmay qoladi, şu sababli ikkinçi tamoyil - bajarsa böladigan soddalik. Masalan, ğözaning böyi haqidagi qoidani vazir şunday tuşuntirdi: