Sirdaryo va respublikaning boşqa viloyatlaridan Qozoğiston Respublikasining janubiy hududlariga jönatiladigan yuklar endi yangi işga tuşirilgan Sirdaryo davlatlararo tutaşuv punkti orqali yuboriladi.
ÖzA’ning yozişiça, Qozoğiston Respublikasi tomonidan taşişga qabul qilingan yuklarning Özbekiston temir yöllari orqali MDH mamlakatlariga tranzit ötkazilişi ta'minlanadi.
Xabarda qayd etilişiça, ayni kungaça Keles hamda Qoraqalpoğiston davlatlararo tutaşuv punktlari orqali yuklar rasmiylaştirilib, poyezdlar qatnovi amalga oşirib kelinayotgan edi.
– Bu davlatlararo tutaşuv punktining oçilişi tadbirkorlar işlab çiqarayotgan mahsulotlarini qöşni davlatning janubiy hududlariga eksport qilişida qulaylik tuğdiradi. Ya'ni mahsulotlarning manziliga yetib borişiga kam vaqt sarflanadi, iş faoliyatini yanada rivojlantirişga imkon berdi, – dedi “Toşkent mintaqaviy temir yöl uzeli“ unitar korxonasi bölim boşliği Elbek Şamsiyev. – Bundan taşqari, uşbu oçilayotgan yangi davlatlararo tutaşuv punkti Qozoğiston Respublikasining janubiy hududlari bilan köproq tovar ayirboşlaşga xizmat qiladi. Yana bir ahamiyatli jihati şundaki, hozirgi kunda Keles davlatlararo tutaşuv punktidan bir sutkada örtaça 20, 22 yuk poyezdi mamlakatimizdan Qozoğiston Respublikasiga va uşbu davlat orqali MDH mamlakatlariga jönatilayotgan bölsa, sutka davomida yana şunça yuk poyezdi yurtimizga qabul qilib olinadi.


Ta'kidlanişiça, endilikda Sirdaryo davlatlararo tutaşuv punkti işga tuşirilişi bilan, sutkasiga qöşimça 3 juft yuk poyezdi aylanmasiga zamin yaratadi. Bu nafaqat Özbekiston uçun, balki, qöşni Qozoğiston Respublikasi uçun ham iqtisodiy samara berişi aytiladi.

















