Özbekistonda davlat xizmatçilarining mol-mulki va daromadlarini deklaratsiyalaşga oid qonun loyihasi işlab çiqildi. Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi loyihani kelişiş uçun tegişli organlarga kiritgan.

Bu haqda agentlik mas'ullari iştirokida 7 yanvar kuni bölib ötgan matbuot anjumanida ma'lum qilindi.

Idora mas'ul xodimi Ötkirbek Namozboyevning sözlariga köra, qonun loyihasida barça darajadagi mansabdor şaxslar daromadlarini deklaratsiya qiliş közda tutilgan.

«Mansabdor şaxslarning barça doirasi qamrab olingan. Hujjat qabul qiliş vakolati bölgan barça mansabdor şaxslar – quyidan tortib yuqorigaça bölgan mansabdor şaxslar doirasi qamrab olingan. Ya'ni prezident, boş vazir... Umuman, Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, respublika taşkilotlari, hokimiyatlar, sud, prokuratura – ularning barçasi biz tayyorlagan qonun loyihasida [mol-mulki va daromadlarini deklaratsiya qilişi] nazarda tutilgan», – dedi u.

Ötkirbek Namozboyev

Aksilkorrupsiya agentligi direktorining örinbosari Umida Töxtaşevaning aytişiça, deklaratsiyalaş tartibi qanday bölişi haqida gapirişga hali erta. Qonun loyihasi 2021 yilning örtalarida yoki yil oxirida qabul qilinişi ehtimoldan xoli emas.

Umida Töxtaşeva

Avvalroq agentlik direktori Akmal Burxonov amaldorlar 2021 yildan daromad va mulklari haqida majburiy deklaratsiya töldirişini aytgandi.

Burxonovning fikriça, davlat xizmatçilari deklaratsiya töldirilmaganlik yoki unga notöğri ma'lumot kiritilganlik uçun qonunçilikka intizomiy, ma'muriy va jinoiy javobgarlik kiritilişi kerak.

Eslatib ötamiz, 2019 yildagi qaror loyihalaridan birida, boş vazir örinbosarlari, vazirlar va hokimlar 2020 yil 1 yanvaridan mulk va daromadlarini deklaratsiyalaşi möljal qilingan