Özbekistonning Turkiyadagi elçixonasi 23 yoşli Nodira Qodirovaning Anqaradagi şubhali ölimi bilan boğliq vaziyat nazoratga olinganini ma'lum qildi.
«Anqara şahri prokuraturasi ma'lumotiga köra, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. Xususan, guvohlar söroq qilinmoqda, telefon suhbatlari va elektron yozişmalar mazmuni örganilyapti», – deyiladi Özbekiston Taşqi işlar vazirligi xabarida.
Ta'kidlanişiça, tergov organlari sud-tibbiy ekspertizasi xulosasini kutişmoqda.
«Şuningdek, elçixona xodimlari Turkiyadagi özbek diasporasi vakillarining mazkur masaladagi savollariga javob berişmoqda», deb qöşimça qilingan TIV rasmiy bildirişida.
Eslatib ötamiz, Nodira Qodirova 23 sentabr oqşomida Buyuk millat majlisi deputati Şirin Unalning uyida deputatning töpponçasi bilan özini otib qöygan. U bu xonadonda bir yildan buyon oqsoç bölib işlab kelayotgan edi.
Nodiraning akasi va dugonalari u öz joniga qasd qilişdan oldin jinsiy zöravonlikka uçragan bölişi mumkinligini aytmoqda.
Turkiya parlamentidagi muxolif partiya deputati Sera Kadigilning sözlariga köra, «jamoatçilik köngilsiz hodisa hukmron partiya deputatining uyida sodir bölgani bois yopdi-yopdi qilinyapti, degan fikrga bormoqda». U Adliya vaziriga bir qator savollar bilan deputatlik sörovi yuborgan.












