Özbekistonlik Nodira Qodirovaning turk deputati uyida öz joniga qasd qilişi holati Turkiya parlamenti kun tartibiga kiritildi.

Masalani Buyuk millat majlisiga deputat Sera Kadigil kötarib çiqdi. U Adliya vaziriga deputatlik sörovi yuborgan, deb xabar bermoqda Bianet.
Ta'kidlaş joiz, Sera Kadigil – parlamentdagi asosiy muxolifatçi hisoblanmiş Respublika xalq partiyasi a'zosi sanaladi. 23 yoşli qizning şubhali tarzda öz joniga qasd qilişi esa Turkiyada hukmron partiya – Adolat va taraqqiyot partiyasi vakili Şirin Unalning uyida röy bergan edi.

Muxolif deputat Adliya vazirligiga murojaatida Qodirova işi yuzasidan jamoatçilikda asosli gumonlar tuğilayotgani, odamlar bu hodisa hukmron partiya deputatining uyida röy bergani uçun ham yopdi-yopdi qilinyapti, degan fikrga borişayotganini qayd etgan.
«Ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilari va OAVdagi materiallar orasida voqea suitsid emas, balki qotillik bölişi mumkin, degan şubha tez-tez tilga olinmoqda.
Hodisaning har bir detali atrofliça tergov qilinişi va jamoatçilik voqealar rivojidan senzuradan xoli tarzda xabardor qilib borilişi lozim. Bu – jamoatçilik fikrini yumşatiş, ayblanayotgan odamlarning ğurur va şa'nini himoya qiliş uçun ham muhim ahamiyatga ega», – deydi Kadigil.
Parlament a'zosi öz sörovida quyidagi 6ta savolga javob söragan:
1. OAVdagi ma'lumotga köra, öq Qodirovaning yuragining biroz teparoğidan teşib ötgan. Agar bu suitsid bölgan bölsa, u holda sud-tibbiy ekspertizasi öq tanani qanday burçak ostida teşib kirgani, masofa, marhumning tanasi va qölida qolgan porox izlarini örganib çiqdimi?
2. Adliya vazirligi Xalqaro huquq va xalqaro aloqalar boş boşqarmasining «Çet el fuqarolarining ölimi töğrisida»gi 71-sonli Nizomida xorijiy davlatlar fuqarolari tergov obekti bölgan hodisa natijasida vafot etgan hollarda bu haqda ma'lumot yetkaziş tartibi batafsil belgilab qöyilgan. Unga köra:
















