Joriy yil 1 may holati böyiça, Özbekiston oltin-valuta zaxiralari 34,1 milliard dollarni taşkil etmoqda. Taqqoslaş uçun, 1 aprel holatida respublikaning rasmiy zaxira aktivlari 32,6 milliard dollarni taşkil qilgan. Oltin-valuta zaxiralarining keskin oşişiga oltin narxi unsiyasi uçun 1685,35 dollargaça pasayişidan keyin, 1830 dollargaça qimmatlaşini sabab sifatida keltiriş mumkin. Şuningdek, ötgan bir oy davomida zaxiradagi monetar oltin hajmi 0,3 million troya unsiyasiga (9,33 tonna) oşganini ham kuzatişimiz mumkin.

Ma'lumot uçun, 1 unsiya 31,1 grammga töğri keladi.

Oltin-valuta zaxiralarini hisoblaş metodikasi Xalqaro valuta jamğarmasi standartlari asosida yuritiladi. Özbekiston oltin-valuta zaxiralari tarkibining juda katta qismi xorijiy valuta aktivlari va quyma şaklidagi monetar oltindan iborat.

Bundan taşqari, xorijiy valuta aktivlari ham ötgan davr mobaynida 75 million dollarga oşgan.

Respublika xalqaro zaxiralarida 2021 yilning 1 may holatida oltin 20,7 mlrd dollarni, xorij valuta aktivlari esa 13,1 mlrd dollarni taşkil etmoqda.