Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 fevraldagi “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga ötiş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi PQ-4611-sonli qarori ijrosini ta’minlaş maqsadida “Özbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJda keng kölamli işlar amalga oşirilmoqda. Jumladan, “Özbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boşqaruvi raisi Isaqulov Dadajon Aynaquloviç olib borayotgan keng kölamli işlar natijasida jahondagi yirik törtta auditor-konsalting kompaniyalaridan biri hisoblangan, “Ernst & Young” MÇJ kompaniyasi tomonidan “Özbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning 2019–2020 yillardagi hisoboti uçun ijobiy auditorlik xulosalari berilgan edi.

2021 yil yakunlari böyiça “Özbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS) asosidagi konsolidatsiyalaşgan moliyaviy hisobotni “Özbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJda töliq joriy qiliş hamda uni auditdan ötkaziş böyiça energetika tarmoğidagi korxonalar miqyosida birinçilardan bölib ijobiy auditorlik xulosasini oldi va yana bir yutuqqa erişdi.

“Ernst & Young” MÇJ auditorlik kompaniyasi mutaxassislari tomonidan MHXS asosidagi konsolidatsiyalaşgan moliyaviy hisobotni auditdan ötkaziş yönalişidagi işlar 2022 yilning aprel oyidan boşlab joriy yilning iyun oyi yakuniga qadar bölgan davrni qamrab oldi.

Şuni ta’kidlaş joizki, MHXS asosidagi konsolidatsiyalaşgan moliyaviy hisobotlar böyiça ketma-ket uç yil davomida qölga kiritilgan ijobiy auditorlik xulosasi “Özbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan keyingi yutuqlarga erişiş, şu jumladan xalqaro kredit reytingi qölga kiritilişi uçun muhim qadam bölib hisoblanadi.

Veb-sahifa: uzbekistonmet.uz

Facebook: fb.com/elektrtarmoq  

Instagram: www.instagram.com/uzbekistonmet.uz

Twitter: twitter.com/uzbekistonme

Utube: utube.uz/ru/users/7208