28 iyul kuni prezident “Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qöllab-quvvatlaşga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida” farmon imzoladi.
Farmon bilan, muayyan turdagi pensiya va nafaqalar miqdori oyiga 535 ming sömdan 568 ming sömga yetkazilmoqda. Bu avvalroq minimal iste’mol xarajatlari miqdori şunça deb belgilangani bilan boğliq.
2023 yil 1 avgustdan boşlab:
- zarur iş stajiga ega bölmagan keksa yoşdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa miqdori – oyiga 568 000 söm;
- iş staji töliq bölmagan çoğdagi yoşga doir pensiyaning eng kam miqdori qöşimça tölovni hisobga olgan holda – oyiga 568 000 söm;
- özgalar parvarişiga muhtoj nogironligi bölgan 18 yoşgaça bolalarning parvarişi bilan band bölgan bolaning qonuniy vakiliga beriladigan nafaqa miqdori – oyiga 568 000 söm;
- boquvçisini yöqotganlik nafaqasi oluvçilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uçun nafaqa miqdori – oyiga 568 000 söm va keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uçun – 198 000 söm etib belgilanadi;
- boquvçisini yöqotganlik pensiyasi oluvçilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uçun pensiyaning eng kam miqdori – oyiga 568 000 söm etib belgilanib, keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosi uçun amaldagi tartibga muvofiq pensiya tölanadi.
Eslatib ötamiz, yuqoridagi tölovlar 2023 yil 1 aprelidan 7 foizga kötarilib, 535 ming söm deb belgilangan edi. Joriy indeksatsiya darajasi esa 6,2 foizni (+33 ming söm) taşkil etdi. Yil boşidan beri jami kötariliş 13,6 foiz böldi.
Özbekistonda kambağallik çegarasi deb e’tirof etilgan minimal iste’mol xarajatlari miqdori 2022 yil yanvarida 498 ming söm deb belgilangan, oradan 18 oy ötib, 2023 yil iyulida bu miqdor 14 foizga oşirilib, 568 ming sömga yetkazilgandi.
Kun.uz avvalroq Özbekistondagi örtaça pensiya miqdori MDH davlatlari içida pastki örinlarda ekani haqida xabar bergandi












