Soğliqni saqlaş vaziri örinbosari Bositxonova Elmira Irkinovna Boş vazir örinbosari lavozimiga tasdiqlandi.

«Yuksaliş» harakatining telegramdagi kanalida xabar qilinişiça, Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida deputatlar boş vazir tomonidan kiritilgan Boş vazir örinbosari nomzodini tasdiqlaşdi.

Unga köra, Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vaziri örinbosari Bositxonova Elmira Irkinovnani Boş vazir örinbosari lavozimiga ma'qullaş töğrisida qaror qabul qilindi.

Bositxonova bu lavozimda Boş vazir örinbosari - Xotin-qizlar qömitasi raisi Tanzila Norboyeva örnini egalladi.

Elmira Bositxonova 1958 yilda tuğilgan, 1981 yilda Toşkent davlat tibbiyot institutining «davolaş işi» yönalişini tamomlagan. 1981-2011 yillarda şifokor-intern, anesteziolog-reanimatolog, bölim boşliği, Toşkent şahar tez tibbiy yordam klinik şifoxonasi boş şifokori.

U 2011-2016 yillarda ham Xotin-qizlar qömitasiga rahbarlik qilgan, 2016 yilning 12 dekabridan buyon Soğliqni saqlaş vaziri örinbosari lavozimida işlab kelayotgandi.

Tanzila Kamalovna Norboyeva 2016 yilning 14 dekabrida Xotin-qizlar qömitasi raisi lavozimida iş boşlagandi. U 2018 yil dekabrida uşbu lavozimga yaqin beş yil uçun qayta saylangan edi.

Ma'lumot uçun, Özbekistonda 1 apreldan Prezident taşabbusi bilan Vazirlar Mahkamasi a'zolari boş vazir taqdim etgan nomzod Qonunçilik palatasi tomonidan ma'qullanganidan söng tasdiqlanişini nazarda tutuvçi tartib joriy etilgan.