Qöqon davlat pedagogika institutida öquvçi bir neça talaba-qiz Kun.uz'ga murojaat qildi. Talabalarning aytişiça, 1 aprel kuni ularni referendum tarğibot tadbiridan zudlik bilan çaqirib, yotoqxona (talabalar turar joyi)dagi xonani oçib berişni söraşgan. “Vay-fay signali yöqolib qolayotgani sababli uni kuçaytiruvçi moslama örnatilişi”ni aytişgan.
Qizlar xonani oçib berişganidan söng, ustalar kirib, simlarga tegişib, nimadir örnatişgan.

Tabiiyki, qizlar bundan şubhalanişgan. Xonaning yuqori burçagiga örnatilgan moslamani oçib körişgan. U uçta şurup bilan qotirilgan. Törtinçi şurup joyiga şurup qotirilmagan, lekin qora narsa börtib turganini körişgan. Keyinçalik bu narsa yaşirin kameraning mitti obektivi ekani ma’lum bölgan.

Qizlar örnatilgan moslamani yeçib olib, mutaxassislarga olib borib, körsatişgan. Ular bu matoh yaşirin kamera ekanini aytişgan.

Kamera ovoz va tasvirni fleş-diskka ham yozib olişini, tarmoq orqali boşqa qurilmaga uzatişini ham aytişgan. Ya’ni xonani bu kamera orqali onlayn kuzatib turiş imkoni ham bölgan.
Qizlar kameraga biriktirilgan 128 Gb hajmdagi fleş-diskni oçib öqitib körişganida, ularning uydan kelib, yalanğoç kiyim almaştirayotganlari ham tasvirga tuşganiga guvoh bölişgan.

«Tadbirdan şoşilinç yetib kelib, xonamizga nima örnatilayotganiga qiziqib söradik, albatta. Aytişdiki, Wi-Fi tölqini yaxşi ketmayapti, öşaning çastotasini kuçaytirib beradigan qurilma örnatyapmiz, qayerlarda uziliş bölayotganini bilib olişimiz kerak, deyişdi.

















