Ma'lum qilinişiça, aviakompaniyaning bu xabarida aviaqatnovlarni 30 iyunga qadar töxtatiş emas, bu sanagaça bölgan davr uçun aviaçiptalar sotişni töxtatiş nazarda tutilgan.
Xorijga parvozlar va aviaçiptalar sotuvi tiklaniş muddati koronavirus tarqalişi böyiça xalqaro vaziyatga boğliq. Agar 30 iyunga qadar turli davlatlar va Özbekistonda karantin böyiça çeklovlar bekor qilinsa, xorijiy yönalişlarga çiptalar sotuvi ham, aviaqatnovlar ham qayta tiklanişi mumkin.
Eslatib ötamiz, Özbekiston mart oyining ikkinçi yarmidan qator davlatlar bilan aviaqatnovlarni bosqiçma-bosqiç töxtatgan edi. 30 mart kunidan Özbekistondagi mavjud barça aeroportlar yopilib, aviaqatnovlar butunlay töxtatildi.


















