Özbekiston Markaziy banki iyul oyidan buyon ilk bor oltin zaxirasini oşirdi, deb xabar berdi Spot Jahon oltin kengaşiga (World Gold Council) tayanib.

Noyabr oyida jahon markaziy banklari tomonidan sof oltin xaridlari, oçiq ma’lumotlarga köra, 53 tonnani taşkil etgan. WGC bu 2024 yil davomida kuzatilgan tendensiyaning davomi bölganini, regulyatorlar qimmatbaho metallarning faol xaridorlari sifatida harakat qilganini ta’kidladi. Şuningdek, AQŞda prezidentlik saylovlari fonida narxlarning pasayişi oltin jamğarilişiga qöşimça turtki bölişi mumkin.

Xususan, Polşa Milliy banki oltin zaxirasini 21 tonnaga oşirib, uning hajmini 448 tonnaga yetkazdi. Varşava 90 tonnalik körsatkiç bilan qimmatbaho metallarning eng yirik xaridori böldi.

Özbekiston Markaziy banki noyabr oyida 9 tonna oltin sotib oldi, bu yozdan beri birinçi marta oltin zaxiralarini köpaytiriş böldi. Yillik sof xaridlar 11 tonnani taşkil etib, oltin zaxirasi 382 tonnaga yetdi.

Hindiston zaxira banki 8 tonna (yillik hisobda 73 tonna) bilan uçinçi örinni egalladi. Keyingi örinlarda har biri 5 tonnadan oltin bilan Qozoğiston va Xitoy, Iordaniya — 4 tonna, Turkiya — 3 tonna, Çexiya — 2 tonna, Gana — 1 tonna bilan joylaşdi. Qimmatbaho metallning eng yirik sotuvçisi Singapur böldi — 5 tonna.