Toşkentning Çilonzor tumanida joylaşgan, xalq tilida “Özbekfilm” köçasi deb ataladigan mahallada, Börijar kanali böyida yaşaydigan aholidan tahririyatimizga murojaat böldi. Hududdagi qurilişlardan aziyat çekayotgan aholining dardiga quloq tutdik.

Ularning aytişiça, “Seoul Mun” deb atalgan loyiha doirasida neça yildirki olib borilayotgan işlar tufayli aziyat çekmoqdalar.

“Mutasaddilar biror quriliş uçun imzo çekib berişdan oldin kelib aholi bilan uçraşib, haqiqiy holatni örgansalar bölmaydimi? Bizdan ham kimdir fikr söraydimi?” deydi mahalla fuqarosi Şahzoda Ğaniyeva. Uning aytişiça, narigi sohilda olib borilgan buziş-quriş işlaridagi zarbalar tufayli aholi uylarining devorlari yorilgan, çökkan. Qolaversa, quriliş oqibatida kötarilgan çangdan allergik kasallar orttirib olişgan.

“Bu ham yetmagandek, tozalaş, tekislaş işlari olib boriş bahonasida qirğoqdagi daraxtlarni yöq qilib taşlaşdi. Mana endi uylarimizga yaqin joydagi yerlarni örab olişyapti”, deydi yana bir fuqaro.

Voqea joyiga yetib kelgan faollar bu yerda daraxtlar kesilişi holatlari böyiça aholining fikrlariga quloq tutdi va bu borada fikrlarini bildirdi. Deputat Rasul Kuşerbayevga köra, hududda 700 tupga yaqin daraxt yöq qilib yuborilgan va bu iş böyiça jinoyat işi qözğatilgan.

Börijar kanali atrofidagi hududning 2017 yil avgust oyidagi holati / Foto: Maxar / Google Earth

 

2022 yil sentabr holati / Foto: Maxar / Google Earth

Moratoriy vaqtida birgina holatning özida yuzlab daraxtlar yöqotilganini Kun.uz bilan suhbatda Toşkent şahar ekologiya boşqarmasi Nazorat-inspeksiya bölimi boşliği örinbosari Ismatilla Muslimov ham tasdiqladi.

Ma’lumotlarga köra, “Seoul Mun” loyihasi uçun ajratilgan hudud “Ozun Tashkent Construction” MÇJ XKga berilgan. Muslimovning aytişiça, quriliş işlari boşlanişidan avval ötqazilgan ekologik ekspertiza natijasida quruvçi kompaniyaga bajarilişi şart bölgan 20dan ortiq talablarni öz içiga olgan ekologik xulosa berilgan. Ekologlar daraxtlarni köçirib ötqazişga ruxsat bergan, lekin köçirib ötqazilgan daraxtlar qurib qolsa yoki köçirilmasdan kesilsa, javobgarlik borligi haqida ogohlantirgan.