Özbekiston va Kubaning soğliqni saqlaş sohasi rasmiylari kubalik olimlar tomonidan koronavirusga qarşi işlab çiqilgan dori vositalari yuzasidan muhokamalar ötkazdi. Bu haqda 17 sentabr kuni Kuba taşqi işlar vazirligi xabar berdi.
Ma'lum qilinişiça, Havana–Boku–Toşkent şaklida videokonferensaloqa tarzida ötkazilgan muzokaralarda Özbekiston tomonidan soğliqni saqlaş vaziri örinbosari Abdulla Azizov iştirok etgan.
Xabarda Kubaning Biocen kompaniyasi tomonidan işlab çiqilgan va COVID-19'ga çalingan yoşi katta bemorlardagi respirator simptomlarni bartaraf etiş uçun möljallangan Biomodulin T preparati har ikkala tomonning tibbiyot mutaxassislari tomonidan yuqori baholangani aytiladi.
Şu bilan birga, muzokaralarda BioCubaFarma kompaniyalar guruhi tomonidan işlab çiqariluvçi Alpha 2B (Heberon) interferon rekombinanti, CIGB-258 peptidlari (Jusvinza) va Alpha 2B plus gamma (Heberferon) kabi dori vositalari haqida ham atrofliça söz borgan.
«3 soatdan ortiqroq davom etgan videokonferensiyada Kubaning Ozarboyjondagi tibbiy brigadasi rahbari doktor Dalsi Torres Avilaning COVID-19 bemorlarini davolaşdagi tajribasi örganildi.
Özbekiston ekspertlari Kubaning taqdimotini yuqori baholab, ikki mamlakatning soğliqni saqlaş va dori-darmon sohalaridagi hamkorligini çuqurlaştirişga qiziqiş bildirişdi», – deyiladi Kuba TIV axborotida.


















