Idora saytida, mazkur namoz qanday öqilişiga doir ma'lumotlar joylandi.

Zuho namozi qanday namoz?

Zuho namozi manbalarda turli nomlar bilan zikr qilingan bölib, köproq “Işroq namozi”, “Şuruq namozi”, “Avvobiyn namozi” va “Çoşgoh namozi” deb yuritiladi.

Hukmi: Zuho namozini ado etiş nafl amal sanaladi. Nafl deb, kişini öz ixtiyori bilan farzga qöşimça tarzda bajaradigan amaliga aytiladi. Ya'ni, Zuho namozi – bir kunda beş mahal ado etilişi majburiy bölgan farz namozlarini töldiruvçi, ixtiyoriy suratda ado etilsa, ulkan savob böladigan namoz hisoblanadi.   

Bu namozning vaqti quyoş bir nayza böyi kötarilganda, ya'ni quyoş çiqqandan taxminan 20 daqiqa keyin boşlanadi.

Oxirgi vaqti esa kun tikkaga kelgan vaqtdan bir soat avvalgi vaqtgaça hisoblanadi. Uşbu ikki vaqt oraliğida Zuho namozini ado etiş mumkin.

Neça rakatdan iborat?

Zuho namozi ikki rakatdan sakkiz rakatgaça öqiş mumkin. Eng afzali tört rakatdan öqişdir. Çunki Rasululloh sallallohu alayhi vasallam köproq tört rakatdan öqiganlari Oişa raziyallohu anhodan naql qilingan. Zuho namozida ma'lum suralarni öqiş şart qilinmagan. Uşbu namoz ovoz çiqarmasdan maxfiy, yolğiz holatda öqiladi

Uşbu namozning fazilati

Zuho namozining fazilatiga doir köplab hadisi şariflar vorid bölgan. Jumladan, Muoz ibn Anas al-Juhaniy raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim bomdod namozini öqib bölganidan keyin namoz öqigan joyida to zuho namozini öqigunça ötirsa, faqat yaxşilikdan boşqani gapirmagan bölsa, uning xatolari, agar dengiz köpigidan köp bölsa ham mağfirat qilinadi”, deganlar” (Imom Abu Dovud va Imom Termiziy rivoyatlari).

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim zuho namozini bardavom öqisa, uning gunohlari dengiz köpigiça bölsa ham mağfirat qilinadi”, dedilar” (Imom Termiziy rivoyatlari).

Abu Zar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Sizlarning har bir a'zoingizga sadaqa vojibdir. Har bir tasbihingiz – sadaqa, har bir hamd aytişingiz – sadaqa, har bir tahlilingiz (“La ilaha illalloh”, deyişingiz) – sadaqa, har bir takbiringiz – sadaqa, yaxşilikka buyurişingiz – sadaqa, yomonlikdan qaytarişingiz – sadaqa. Endi bularning hammasi uçun ikki rakat zuho namozini öqişingiz kifoyadir”, - dedilar (Imom Muslim rivoyatlari)