Özbekistonning Kiyevdagi elçixonasi Ukraina taşqi işlar vazirligiga Donetsk oblastidagi Rossiya qöşinlari safida özbekistonliklar ham borligi töğrisidagi ma’lumot yuzasidan sörov yubordi.
«Ukraina Qurolli Kuçlari Boş ştabi tomonidan Özbekiston Respublikasi fuqarolarini Rossiya qöşinlari safiga köngilli sifatida majburan safarbar etilayotgani töğrisida çop etilgan ma’lumot yuzasidan Özbekiston Respublikasining Ukrainadagi elçixonasi mazkur davlat Taşqi işlar vazirligiga tegişli sörov yubordi.
Uşbu masala diplomatik vakolatxona tomonidan doimiy nazoratga olingan bölib, Ukraina tomonidan yuqoridagi ma’lumot tasdiqlangan taqdirda, fuqarolarimiz manfaatlarini himoya qiliş böyiça kerakli barça çora-tadbirlar köriladi», deyiladi xabarda.
- Bundan oldinroq Ukraina qurolli kuçlari boş ştabi Donetsk oblastining okkupatsiya ostidagi Horlivka şahrida joylaşgan Rossiya bosqinçi kuçlari bölinmalarida Özbekiston fuqarolari borligi aniqlangani haqida xabar bergandi. Ular Ukraina çegarasini noqonuniy kesib ötib, qurilişda işlaş uçun Mariupolga kelgan. Lekin şundan söng ularning pasportlari olib qöyilgan va köngillilar sifatida rus qöşinlariga safarbar qilingan.
- Keyinroq Ukrainaning Toşkentdagi elçixonasi Özbekiston fuqarolarini Rossiyaning uşbu davlatga qarşi uruşida qatnaşmaslik va Ukrainaning vaqtinça bosib olingan hududlariga bormaslikka çaqirdi.













