Özbekistonning Yevrosiyo Iqtisodiy Ittifoqiga qöşiliş ehtimolini körib çiqayotgani – yangilik emas. Şu bilan birga, rasmiy doiralarda bu masala hozirça faqat örganib çiqilmoqda, yakuniy qarorga esa hali kelinmagan.

Bu haqda Oliy Majlis Senati raisining birinçi örinbosari Sodiq Safoyev Rossiya Federatsiyalar kengaşi raisi Valentina Matviyenkoning Özbekistonga taşrifi yuzasidan taşkil etilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

«Nimaga asoslanib bu haqda birinçi bölib Rossiya tomoni ma’lumot berdi, deyapsiz? 24 iyun kuni Özbekiston prezidenti Oliy Majlis Senatidagi çiqişi vaqtida YeOII bilan hamkorlik qilişning imkoniyatlari, plyus va minuslarini, ijobiy va salbiy oqibatlarini körib çiqiş kerakligini aytgan edi.

Qolaversa, Özbekiston prezidentining Belarusga rasmiy davlat taşrifi davomida 1 avgust kuni qöşma bayonot imzolangan va bu bayonotning 7-bandida tomonlar Belarusning tajribasidan kelib çiqqan holda Özbekistonning YeOII bilan hamkorlik qilişi imkoniyatlarini örganiş borasida kelişib olişgani qayd etilgan edi.

Bir xillar bu jarayon juda tezlaşib ketmayaptimi, deyişmoqda. Yöq, Özbekistonning yangilangan taşqi siyosatini amalga oşiriş boşlanganidan keyin, bilasizlar, Özbekiston turli mintaqaviy köp tomonlama taşkilotlar bilan munosabatlarni qaytadan körib çiqa boşladi. Siyosatlaştirmasdan, mafkuraviy yondaşuvdan voz keçib, Özbekiston xalqi uçun, Özbekistonning milliy manfaatlari uçun qaysi biri töğri kelsa, şuni rivojlantiriş borasidagi yangi yondaşuvlar amalga oşirila boşladi.

Masalan, kuni keça Özbekiston Turkiy tilli davlatlar kengaşiga kiriş haqida qaror qabul qildi. Mana bugun şu taşkilotning rahbariyati Özbekistonga kelyapti. Oktabr oyida Özbekiston rahbari Turkiy tilli davlatlar kengaşining Bokuda böladigan uçraşuvida iştirok etadi va Özbekiston bu taşkilotda birinçi marta tölaqonli a’zo sifatida qatnaşadi. 25 yil davomida biz qoçib yurgan taşkilotga mana endi kiryapmiz.

Sizlarga axborot berib qöyişim mumkin, keyin biz buni boşqa tomondan eşitdik, deb aytmanglar. Özbekiston hozir Yevropa Ittifoqi bilan kengaytirilgan hamkorlik haqida kelişuv ustida işlayapti. Iş muvaffaqiyatli ketyapti. Murakkab ham bölyapti, çunki bu – bizning yangi formatdagi iqtisodiy munosabatlarimiz. Umid qilamizki, yanagi yilning boşida şunday kelişuvga erişamiz. Va bu Özbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlari yanada kengayişiga olib keladi.

Özbekiston oxirgi uç yil davomida Yevrosiyo Iqtisodiy Ittifoqi bilan munosabatlar masalasini juda köp marta muhokama qilgan edi. Tuşunarliki, bu taşkilotga a’zo barça davlatlarning Özbekistondek yirik mamlakatning unga kirişidan manfaatlari bor. Lekin heç qaçon bu qandaydir tazyiq, bosim sifatida bölmagan.