«Xorijiy davlatlar aviakompaniyalarining Özbekistonga doimiy qatnovlarini yölga qöyiş masalasi epidemiologik vaziyatga boğliq bölib, qaysi davlatlar bilan aviaqatnovlar tiklansa, bu haqda rasmiy xabar beriladi.
Turkish Airlines va Air Astana 1 iyuldan Özbekistonga muntazam parvozlarni tiklaş böyiça özlarining rejalarini e'lon qilişdi. Lekin ayni paytda Özbekistonga muntazam parvozlarni amalga oşiriş böyiça birorta aviakompaniyaga rasman ruxsat etilmagan», deydi vazirlik rasmiysi.
Ayni vaqtda yuqorida nomlari keltirilgan aviakompaniyalar Özbekistonga aviaqatnovlar haqidagi e'lonlarini öçirib taşlagan.
Eslatib ötamiz, 20 iyun kuni Turkiyaning Turkish Airlines xalqaro aviakompaniyasi saytida 1 iyuldan Istanbul–Toşkent aviareyslari qayta yölga qöyilişi haqida xabar berilgandi. Unga köra, samolyotlar haftasiga tört marta: Istanbuldan Toşkentga seşanba, çorşanba, şanba va yakşanba kunlari, Toşkentdan Istanbulga esa duşanba, seşanba, juma va şanba kunlari qatnovlarni amalga oşirişi aytilgandi.
Ma'lumot uçun, Respublika maxsus komissiyasi qaroriga köra, koronavirus infeksiyasi bilan kasallaniş holatlari kamaymagan (qizil reyslar — evakuatsiya reyslari) davlatlar, şu jumladan, BAA, Turkiya, Eron, Afğoniston, Rossiya va boşqa MDH davlatlaridan kirib kelgan şaxslar 14 kun davomida karantin nazoratida saqlanadi.
22 iyun kuni Transport vazirligi xorijdagi fuqarolarni Özbekistonga olib keliş uçun yana 21ta reys amalga oşirilişini ma'lum qildi. Jumladan, 26 va 29 iyun kunlarida Toşkent–Istanbul–Toşkent yönalişida parvozlar amalga oşiriladi.












