Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi mas’ul xodimi Mavluda Asqarxöjayeva AOKAdagi brifingda boğçalar faoliyatiga doir 2023 yilda bajariladigan ustuvor vazifalarni sanab ötdi.

Uning aytişiça, bu yil maktabgaça ta’lim xodimlarining maoşlari quyidagiça oşiriladi:

  • pedagog xodimlar lavozim maoşlari umumta’lim maktabi öqituvçisi lavozim maoşiga tenglaştiriladi;
  • direktor lavozim maoşi umumta’lim maktabi direktori (3- va 4-guruh) lavozim maoşiga tenglaştiriladi;
  • tarbiyaçi yordamçisi lavozim maoşi 70 foiz oşiriladi;
  • oşxona va buxgalteriya xodimlari lavozim maoşiga 100 foiz ustama belgilanadi.

Bundan taşqari, 2023 yilda quyidagi ustuvor vazifalar ijrosi ham kutilmoqda:

  • 3-7 yoşli bolalarni maktabgaça ta’lim bilan qamrab oliş darajasini 74,4 foizga, jumladan 6 yoşli bolalarni maktabgaça tayyorlov tizimi bilan qamrab oliş darajasini 92 foizga yetkaziş;
  • davlat-xususiy şerikçiligi asosidagi 1 600 ta nodavlat maktabgaça ta’lim taşkilotlarini hamda oilaviy maktabgaça ta’lim taşkilotlarini taşkil etiş;
  • Jahon banki mablağlari hisobidan 35 ta jihozlangan avtobuslar negizida 70 ta mahallalarda 140 ta «Aqlvoy» mobil guruhlari faoliyatini yölga qöyiş;
  • 8000 ta nodavlat maktabgaça ta’lim taşkilotini davlat budjeti mablağlari hisobidan 23 nomdagi öquv-uslubiy va didaktik materiallar bilan ta’minlaş;
  • 6 yoşli bolalar ta’limiga ehtiyoj bor hududlarni ota-onalar talablariga binoan aniqlaş maqsadida maxsus elektron platforma işlab çiqiş;
  • Maktabgaça ta’lim tizimida moliyaviy jarayonlarning şaffof tarzda amalga oşirilişi uçun zarur şaroitlarni yaratiş; ya’ni