Farğona viloyatining Marğilon şahridagi 1-Mehribonlik uyida sodir etilgan qilmişlar bugungi kunda barçani qiziqtirişi tabiiy, albatta.
Jinoyat işlari böyiça Farğona viloyat sudining raisi Murodjon Mirzajonovning Kun.uz'ga ma'lum qilişiça, mazkur jinoyat işida sudlanuvçilar voyaga yetmagan şaxsni tarbiya muassasasida jinoyatga jalb qiliş, ön olti yoşga tölmagan şaxs bilan jinsiy aloqa qiliş, voyaga yetmagan ojiz ahvoldagi şaxsni qiynaş, ön olti yoşga tölmagan şaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qiliş, şuningdek ayolni öz homilasini sun'iy ravişda tuşirişga majburlaş kabi jinoyatlarni sodir etganlikda ayblanmoqda.
Xabar qilinişiça, Jinoyat işlari böyiça Farğona viloyat sudi ayni paytda mehribonlik uyining sobiq direktori K.Yakubov, boş hisobçi A.Muydinova va hisobçi A.Saidkamolova, direktor örinbosari S.Usmonov, feldşer I.Yöldaşev, tarbiyaçi X.Yakubova, R.Abdufattoyev va N.Soliyeva, enaga D.Djurabayeva va X.Törayevga nisbatan jinoyat işini körib çiqmoqda.
Mazkur jinoyat işiga köra, yuqoridagi şaxslar tegişliça Jinoyat kodeksining 205-moddasi (mansab vakolatini suiiste'mol qiliş), 207-moddasi (mansabga sovuqqonlik bilan qaraş), 167-moddasi (özganing juda köp miqdordagi mulkini özlaştiriş va rastrata qiliş yöli bilan talon-toroj qiliş) 209-moddasi (mansab soxtakorligi), 115-moddasi (ayolni öz homilasini sun'iy ravişda tuşirişga majburlaş) 127-moddasi (voyaga yetmagan şaxsni tarbiya muassasasida jinoyatga jalb qiliş) 110-moddasi (voyaga yetmagan ojiz ahvoldagi şaxsni qiynaş), 128-moddasi (ön olti yoşga tölmagan şaxs bilan jinsiy aloqa qiliş) 129-moddasi (ön olti yoşga tölmagan şaxsga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qiliş) jinoyatlarini sodir etganlikda ayblangan.
Sudlanuvçilar K.Yakubov, S.Usmonov, I.Yöldaşev va R.Abdufattoyevlarga nisbatan “qamoq”, X.Yakubova, N.Soliyeva, D.Djurabayeva va X.Törayevlarga nisbatan “uy qamoği”, A.Möydinov va A.Saikamolovalarga nisbatan “garov” ehtiyot çorasi qöllanilgan.
Jinoyat işini sud majlisida köriş boşlanib, hozirgi kunda sud tergovi davom etmoqda va sudlanuvçilarning körsatuvlari tinglanmoqda.
Keyingi sud majlisi jabrlanuvçilarning körsatuvlarini eşitiş bilan davom ettiriladi.
Kelgusida sud majlisida töplangan dalillar atrofliça örganilib, işning har bir holatiga va sudlanuvçilarning harakatlariga huquqiy baho berilib, sud tomonidan qonuniy, adolatli va asosli qaror qabul qilinadi.

















