Prezident Şavkat Mirziyoyev 27 fevral kuni qayta tiklanuvçi energiya manbalarini kengaytiriş çora-tadbirlari yuzasidan yiğiliş ötkazdi.
Unda qayd etilişiça, sönggi yillarda energetika butun dunyoda dolzarb masalaga aylanib bormoqda. Şu bois salohiyatli davlatlar uning muqobil yöllarini izlamoqda. Özbekistonda ham bu borada faol iş olib borilmoqda. Sönggi uç yilda energetika sohasiga 8 milliard dollarlik töğridan-töğri investitsiyalar jalb qilindi. Xususan, Navoiy va Samarqand viloyatlarida quyoş elektr stansiyalari işga tuşirildi. Bu yil 18 ta şunday stansiya barpo etilmoqda. Bu orqali xonadonlarga beriladigan elektr energiyasi 50 foizga köpayadi.

Özbekiston prezidentining şu yil 16 fevraldagi qarori bilan, qayta tiklanuvçi energiya manbalarini joriy etişni jadallaştiriş böyiça katta dastur qabul qilindi. Jumladan, «Yaşil energiya» kompaniyasi taşkil etilib, unga dastlabki 10 million dollar yönaltirildi.
Mazkur dasturga köra, joriy yilda tadbirkorlar, ijtimoiy soha va aholi xonadonlarida 1 ming 700 Megavatt quvvatli quyoş panellari örnatiş közda tutilgan.
Yiğilişda mutasaddilar şu boradagi işlarning taşkiliy va moliyaviy jihatlari yuzasidan axborot berdi.

Xususan, ijtimoiy soha obektlari va davlat idoralarida 220 Megavatt, tadbirkorlar tomonidan 1 ming 300 Megavatt va yangi qurilayotgan köp qavatli uylar tomida 15 Megavatt quvvatga ega quyoş panellari örnatilişi aytildi. Bu borada Andijon, Qaşqadaryo, Surxondaryo, Farğona, Navoiy va Samarqandda faol iş boşlangan.
Davlat rahbari joylarda işlarni töğri taşkil etiş böyiça körsatmalar berdi.

















