Rossiyaning Bryansk oblastida temiryölda portlovçi qurilma harakatga keltirilişi oqibatida yuk poyezdi relsdan çiqib ketgan va yonğin yuzaga kelgan.
Uneçsk rayoni hududida temiryölda röy bergan portlaş oqibatida Bryansk oblasti gubernatori Aleksandr Bogomaz xabar berdi.
«Uneçsk rayonida Bryansk-Uneça temiryölining 136-kilometrida noma’lum portlovçi qurilma işga tuşirilgan, natijada yuk poyezdi lokomotivi relsdan çiqib ketgan. Jabrlanganlar yöq. Ayni vaqtda voqea joyida operativ xizmatlar iş olib bormoqda», deya yozgan region rahbari telegram-kanalida.
Yölning Ukraina bilan çegaradan taxminan 60 km masofadan ötgan uşbu qismida harakat töxtatilgan.
Rossiya temiryöllaridan xabar berişlariça, Moskva vaqti bilan 1 may kuni soat 10:17 da röy bergan hodisa oqibatida lokomotiv yonib ketgan va yuk ortilgan yetti-sakkiz vagon izdan çiqib ketgan.
Xabar qilişlariça, poyezd neft mahsulotlari va yoğoç olib ketayotgan bölgan. Jabrlanganlar haqida ma’lumot yöq.
Poyezd Belarusning Gomel şahridan Bryansk tomon harakatlangan.
Bryansk oblasti Ukrain va Belarus bilan çegaradoş hisoblanadi. Mahalliy rasmiylar bungaça köp bor hududda Ukraina manfaatlari yölida amalga oşirilgan diversiya aktlari haqida xabar bergan.
Şanba kuni ham Bogomaz Ukraina bilan çegaradan taxminan 12 masofadagi Suzemka qişloği öqqa tutilişi oqibatida tinç aholi vakillaridan töri kişi halok bölgani haqida xabar bergandi.
Ukrainaga bosqin boşlanganidan buyon Rossiya maxsus xizmatlari temiryöllarda diversiya amalga oşirişga tayyorgarlik körişda gumon qilingan şaxslar qölga olingani haqida bir neça bor xabar bergan. FSB xabarlarida muntazam ravişda «ukrain kuratorlari» iborasi tilga olinadi, göyoki gumonlanuvçilar ularning topşiriği bilan temiryöllarda portlaşlar uyuştirişga tayyorlangan. Aprel oyi örtalarida «Mediazona» Rossiyada temiryöllardagi diversiya işi böyiça 65 dan ortiq kişi qölga olinganini hisoblab çiqqan, ularning har uçinçisi — voyaga yetmagan bolalardir.


















