Toşkent viloyati Qibray tumani hokimi örinbosarlari, hokimlikning boşqa barça mutaxassislari vazifasidan ozod qilindi. Bu haqda 17 avgust kuni viloyat hokimi Zoyir Mirzayev Xalq deputatlari Qibray tumani kengaşining navbatdan taşqari sessiyasida ma’lum qildi.

Ularning faoliyatiga huquqiy baho berilişi, «toza» çiqsa, keyin işini davom ettirişi qayd etilgan.

Şuningdek, tumandagi (huquq-tartibot idoralaridan taşqari) barça davlat taşkilotlarining rahbarlari ham lavozimidan ozod qilinişi belgilandi. Ularning faoliyatiga ham bir hafta içida baho beriladi.

Viloyat hokimi tumanda qariyb 20 ming fuqaro migrant sifatida xorijda bölib turganini ta’kidlab, buni «Qibray uçun yaraşmaydigan holat» deb atadi.

Toşkent viloyati hokimining yangi birinçi örinbosari Abdurasul Abdullayev 

Tumanda olti oy yakuni böyiça sanoat mahsulotlari, ötgan yilga soliştirganda, işlab çiqariş hajmi özgarmagani, 8 ta korxona öz faoliyatini töxtatgani aytib ötildi.

Qayd etilişiça, aholi soniga nisbatan 84 ta sartaroşxona, gözallik salonlari singari xizmat körsatiş sohasi obektlari taqçil. KPI tizimi böyiça tuman mahallalaridagi hokim yordamçilari umumiy 76 ball olgan, bu körsatkiç viloyatda 13-örin hisoblanadi.

«Salohiyatli tadbirkorlar Qibrayda oşkoralik, adolat bölişiga işonmaydi. Eksportyor korxonalar faoliyatini qöllab-quvvatlaş yöq. Natijada keyingi 2 yilda tumanda işlayotgan 7 ta eksportyor korxona boşqa tumanlarga hisob raqamini köçirib olib ketgan. Demak, ular bu yerdagi mutasaddilar bilan işlaşni xohlamagan», — degan viloyat hokimi.

U Qibrayda quriliş va qişloq xöjaligi sohasida juda köp qonunbuzarlik, boşboşdoqlik borligi va buni tartibga soliş vaqti kelganini ta’kidlagan.

Şuningdek, viloyatda eng köp umumiy ovqatlaniş şoxobçalari Qibrayda ekani, biroq ularning aksariyati rasman işga olinmagani bandlik dasturlari ijrosiga monelik qilişi tanqid ostiga olingan.

Bundan taşqari, tumanda yaşirin iqtisodiyotga qarşi kuraşiş, şu maqsadda tuman hokimi raisligida maxsus işçi guruh tuziş kerakligi aytib ötilgan.

Tumanda yetiştirilayotgan qişloq xöjaligi mahsulotlarining atigi 8 foizi qayta işlanişi «oğriqli masala» deya qayd etildi.