Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namanganda Tojikiston bilan chegaradagi «Pop» o‘tkazish punkti ochildi (foto)
Foto: Namangan viloyat hokimligi
Namanganda Tojikistonning So‘g‘d viloyati, Asht tumani bilan chegaradagi «Pop» o‘tkazish punkti ishi tiklandi, deb xabar bermoqda viloyat hokimligi axborot xizmati.
Mazkur maskanning ochilish marosimi ko‘hna do‘stlikning namoyishiga aylandi. Unga tashrif buyurgan tojikistonlik mehmonlar, namanganlik tojik millatiga mansub vatandoshlarimiz, ikki mamlakatning jamoatchilik vakillari va yoshlari karnay-surnay sadolari ostida bir-birlariga quchoq ochdilar.
Tantanada Namangan viloyati hokimining birinchi o‘rinbosari Alisher Fayzullayev, Pop tumani hokimi A'zamjon Sultonov, So‘g‘d viloyati raisining o‘rinbosari Anvar Yoqubiy, Asht tumani raisi Mirdado Zarif Mirmuhammadiy va boshqalar azaldan qon-qardoshlik rishtalari bilan chambarchas bog‘lanib ketgan o‘zbek va tojik xalqi o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik munosabatlari O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmonning sa'y-harakatlari bilan yangicha asoslarda mustahkamlanayotgani, «Pop» nazorat o‘tkazish punkti faoliyatining qayta tiklanishi yaqin qo‘shnichilik munosabatlarini yuksaltirishda xayrli va muhim yana bir qadam ekanini alohida ta'kidladi.
Mavzuga oid
07:41 / 11.12.2025
Rossiya, Qozog‘iston va boshqalar: dunyoni bog‘lab turuvchi transkontinental davlatlar
08:22 / 05.12.2025
Farg‘ona va Namanganda yer uchun pora olgan hokim yordamchilari ushlandi
14:29 / 02.12.2025
Yaponiya Namanganda robot-assistent xirurgiyasini joriy etadi
09:41 / 02.12.2025