Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi (FA) va Koreya Respublikasi Madaniy meros boşqarmasi örtasida Ipak yöli madaniy merosini tadqiq etiş va saqlaşga doir Anglaşuv memorandumi imzolandi. FA matbuot xizmatida şu haqida xabar berildi.
Hujjat "Özbekistonda arxeologik tadqiqotlar va madaniy merosni konservatsiya qiliş orqali turizmni rivojlantiriş uçun xodimlar salohiyatini kuçaytiriş" deb nomlangan, loyiha budjeti - 3,5 million dollar.

Loyiha eng avvalo Ipak yöli madaniy merosining saqlanişi va tadqiq etilişi böyiça ma'lumot hamda könikma almaşinuvi, arxeologik tadqiqotlar orqali turizmni rivojlantiriş, şuningdek Özbekiston Respublikasi FA Arxeologik tadqiqotlar instituti qoşidagi Arxeologik topilmalarni restavratsiya va konservatsiya qiliş laboratoriyasini zamonaviy uskunalar bilan ta'minlaşga yönaltirilgan.

Mazkur memorandum böyiça amalga oşiriladigan loyiha nafaqat Özbekiston ilmiy salohiyatini kuçaytirişga, balki tadqiqot infratuzilmasini yaratiş va Özbekistonning Markaziy Osiyo qadimiy hududlari, xususan, Koreya Respublikasi bilan madaniy aloqalarini tiklaşga ham yöl oçadi.











