Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya gazini O‘zbekistonga eksport qilish 2023 yilning 4-choragidan boshlanadi
Rossiya gazi O‘zbekistonga yetkazib beriladi.
Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati
Bugun Sankt-Peterburg Xalqaro iqtisodiy forumida Rossiya gazini O‘zbekistonga yetkazib berish bo‘yicha shartnoma va respublika gaz uzatish tizimini Rossiya gazini qabul qilishga tayyorlash bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» imzolandi.
Hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev ishtirokida O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov hamda «Gazprom» OAJ boshqaruvi raisi Aleksey Miller imzoladi.
Rossiya gazini O‘zbekistonga Qozog‘iston hududi orqali eksport qilish 2023 yilning to‘rtinchi choragidan boshlanadi.
2023 yil yanvar oyida O‘zbekiston Energetika vazirligi va «Gazprom» o‘rtasida gaz sohasidagi hamkorlik bo‘yicha «Yo‘l xaritasi» imzolangan edi. Kelishuvda joriy yil mart oyidan boshlab «O‘rta Osiyo – Markaz» quvuri orqali reversiv tartibda Rossiyadan O‘zbekistonga bozor narxida gaz yetkazib berishni boshlash uchun zarur texnik choralar ko‘zda tutilgan edi.
Rossiya kompaniyasi shunga o‘xshash shartnomani deyarli bir vaqtda Qozog‘iston bilan ham imzolagan.
Mavzuga oid
16:36 / 29.05.2026
Rossiyadan O‘zbekistonga suyultirilgan gaz yetkazib berish 3,5 barobarga oshdi
09:30 / 27.05.2026
“Kommersant”: Rossiya Armanistonga gaz yetkazib berishni to‘xtatishi mumkin
20:10 / 15.05.2026
Ehtiyojmand oilalarga beriladigan kompensatsiya miqdorlari oshiriladi
11:37 / 13.05.2026