Prezidentlikka nomzod Şavkat Mirziyoyev buxorolik saylovçilar bilan uçraşuvda ta’lim sohasiga oid rejalarini ma’lum qildi.
“Endi muallimlarning nafaqat bilimi, balki malaka va mahoratini ham baholab, malaka sertifikatini beriş tizimi joriy etiladi. Umuman, kelgusi yetti yilda muallimlarning oylik maoşi 2 karra oşiriladi”, dedi u.
Mirziyoyev öqituvçilar haqida quyidagilarni ham aytib ötdi:
- pedagogika oliygohlarining öquv dasturlari ham, Prezident maktablaridagi öqitiş va baholaş uslublariga moslaştiriladi;
- malaka sertifikatini olgan öqituvçiga hozirgi 40 foizdan 70 foizga oşirilgan qöşimça haq tölanadi;
- ilğor texnologiyalarni biladigan, dars beriş va öquvçilar bilimini baholaşda yangiça yondaşadigan muallimlar qöllab-quvvatlanadi.
Davlat rahbari öqituvçilarning iş yuklamasi kamaytirilişini aytdi.
“Muallimlarning maşaqqatli mehnatini munosib rağbatlantiriş maqsadida, ularning köp yillik iş staji uçun ilk bor ustama haqi tölaş tizimi joriy etiladi. Boşlanğiç sinf öqituvçilarining haftalik yuklamasi 18 soatdan 16 soatga, yuqori sinf öqituvçilariniki 20 soatdan 18 soatga tuşiriladi. Bu orqali, töliq stavkada işlamayotgan jami 150 ming nafar muallimning oyligi örtaça 30 foizga oşiriladi.
Öqituvçilarga har yili sihatgohlarda soğliğini tiklaşi uçun imtiyozli yöllanmalar beriladi. Şuningdek, har yili 1 ming nafar muallim stajirovka ötaş uçun xorijga yuboriladi”, – dedi nomzod.
Eslatib ötamiz, Şavkat Mirziyoyev bir qator çiqişlarida öqituvçilar nufuzini oşiriş va ularning moddiy ta’minotini yaxşilaşni ustuvor vazifa deb bilişini ta’kidlagan. Xususan, davlat rahbari 2021 yil 6 noyabr kuni ikkinçi prezidentlik muddatiga kirişiş vaqtidagi inauguratsiya nutqida oliy toifali öqituvçi va şifokorlarning maoşini 5 yil içida ming dollarga yetkaziş çoralari körilişini ma’lum qilgan.


















