Ma’lum qilinişiça, hozirda yaşirin iqtisodiyot va iqtisodiy jinoyatçilikka qarşi kuraşiş bilan 14 ta organ tarqoq holda şuğullanmoqda. Ularning faoliyatini muvofiqlaştiradigan yaxlit iş tizimi yöq.
Şuning uçun yaşirin iqtisodiyot bilan kuraşiş yangi poğonaga olib çiqiladi.
Şu maqsadda Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti faoliyati kuçaytiriladi.
Qayd etilişiça, şu paytgaça Departamentning tergov yuritiş vakolati bölmagani va qonunlarda juda köp huquqiy kolliziyalar mavjudligi sababli samarali işlay olmagan.
Misol uçun, hozirgi kunda “obnal firma”ga nisbatan jinoyat işi qözğatiş olti oygaça vaqt oladi. Bu davrda qöştirnoq içidagi uddaburonlar barça noqonuniy işlarini yakunlaşga ulguradi.
Şularni hisobga olib, Departament çuqur tahlil, tezkor-qidiruv, taftiş va özi tergov qiladigan idoraga aylanadi. Uning rahbari bir vaqtning özida Boş prokuror örinbosari böladi.

















