Jamiyat | 23:03 / 04.01.2020
40509
1 daqiqa o‘qiladi
Samarqand va Kitobni bog‘lovchi Taxtaqoracha dovoni vaqtincha yopildi
«Olmaota–Bishkek–Termiz» M39 xalqaro avtomagistralining Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bog‘lovchi Taxtaqoracha (Kitob) dovonidan o‘tgan qismlarida 2020 yilning 4 yanvar kuni kuchli qor yog‘ishi va ko‘rish imkoniyatlarining keskin pasayganligi sababli avtotransport vositalarining harakati vaqtincha to‘xtatildi.
Bu haqda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi matbuot xizmati Kun.uz’ga ma’lum qilmoqda.
Shu boisdan, avtomobil yo‘lining mazkur dovondan o‘tgan qismlarida harakat xavfsizligi ta’minlangunga qadar avtotransport vositalari egalariga A-378 «Samarqand–G‘uzor» avtomobil yo‘li orqali harakatlanishi tavsiya qilinadi.
Mavzuga oid
23:28 / 03.02.2024
Taxtaqoracha dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi
18:39 / 14.03.2022
Taxtaqoracha dovonida transport vositalari harakatiga ruxsat berildi
17:22 / 13.03.2022
Yo‘lning bir qismi o‘pirilishi oqibatida Taxtaqoracha dovoni vaqtincha yopildi
08:48 / 07.02.2022