08:20 / 17.02.2020
13
34765

O‘zbekistonda IMEI-kodni ro‘yxatga olishda to‘lovni bekor qilish taklif etildi 

Mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazishni soddalashtirish taklif etilmoqda

Foto: jalantikus.com

“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazishni soddalashtirish haqida petitsiya e'lon qilindi.

Murojaatda jismoniy va yuridik shaxslardan mobil qurilmalarning IMEI raqamlarini ro‘yxatga olish uchun aholidan undiriladigan to‘lovlarni bekor qilish va ro‘yxatga olishni yanada soddalashtirish tartibini joriy etish so‘ralgan.

“Chunki, hozirgi globallashuv davrida aholini qo‘llab-quvvatlash, ortiqcha to‘lov va ovoragarchiliklarni bartaraf etish muhim deb hisoblayman”, - deyiladi petitsiyada.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, IMEI-kodlarini ro‘yxatga olishda to‘lovlarni bekor qilish so‘ralmoqda.

Bundan oldin, AKT vazirligi IMEI-kod haqida eng ko‘p berilayotgan dolzarb savollarga oydinlik kiritgandi. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top