Toshkentdan Sardobaga yuborilayotgan yordam hajmi keragidan oshib ketdi. Shahar hokimligi hozircha to‘xtab turishni so‘radi
Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev shahar aholisiga murojaat qilib, Sardobadagi suv toshqinidan jabrlangan yurtdoshlarga yordam uchun oshiqayotganlarga minnatdorchilik bildirdi va hozircha yordamni to‘xatib turishni so‘radi.
Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev Kun.uz’ga xabar berishicha, so‘nggi kunlarda Toshkent shahridan va respublikaning boshqa hududlaridan Sirdaryoga kelayotgan yordam hajmi keragidan oshib ketgan.
Ayni vaqtda shaharda sirdaryoliklar uchun mahsulotlar olib kelayotgan ko‘ngillilar uzundan uzun navbatlar hosil qilishgan, yo‘llarda tirbandliklar yuzaga kelmoqda. Shu vaqtgacha to‘plangan mahsulotlar taqsimlanib, yuborilishi va qabul qilib olinishiga ham vaqt talab etiladi.
Sirdaryoda ham turli hududlardan kelayotgan yordamlar haddan tashqari ko‘p to‘plangani tufayli ularni taqsimlashda qiyinchiliklar yuzaga kelmoqda.
Ehtiyojdan ortiqcha mahsulotlar to‘planishi esa isrofgarchilikka sabab bo‘lmoqda.
Ta'kidlanishicha, ayni vaqtda kiyim-kechak, ko‘rpa-to‘shak va uy-ro‘zg‘or buyumlari, dori-darmon hamda sanitariya va gigiyena vositalari yetarli darajada yetkazilgan. Hozirda Sirdaryoda suv toshqinidan aziyat chekkan vatandoshlarda ushbu yordamga ehtiyoj qolmagan.
Shahar hokimi shahar aholisiga xayriya ishlarida qo‘shgan hissasi uchun o‘z minnatdorligini bildirdi va bundan keyin xayriya ishlari moddiy yordam ko‘rinishida amalga oshirilishi mumkinligini ma'lum qildi.
Moddiy yordam bermoqchi bo‘lganlar quyidagi raqamlar orqali pul o‘tkazishlari mumkin:
1. Yuridik shaxslar uchun
23120000900001172001
MFO 01172
Poytaxt bank
2. Jismoniy shaxslar naqd pul o‘tkazishlari uchun
23116000400001172001
3. Payme va Click orqali pul o‘tkazmalar uchun
6262962209799486
Poytaxt bank
Mavzuga oid
23:49 / 08.11.2024
Britaniyada hospis yopilmasligi uchun 6 mln funt sterling xayriya mablag‘i to‘plandi
22:50 / 08.10.2024
Siyosiy mahbuslarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan marafon uch oyda 378 ming yevro to‘pladi
13:08 / 31.08.2024
AQShda shahar hokimiyati 12 yoshli bolaning xayriya do‘konini yopdi. Aholi bola uchun 20 ming dollar yig‘ib berdi
08:23 / 20.08.2024