Farğonada IIB xodimlari tomonidan tahqirlangan Gulira’no Qosimova işi doirasida navbatdagi sud majlisi 22 oktyabr kuni bölib ötdi. Unga guvoh tariqasida çaqirilgan, “tezkor tadbir”ning bevosita iştirokçilari bölgan IIB xodimlari Ğayrat Otaqulov va Yusuf Yoqubov taklif qilingandi. Ammo guvohlarning har ikkisi sudga kelmadi.
Sudlanuvçilar Akmal Xöjayev (sobiq IIB boşliği) va Jasur Rasulov (IIB boşliğining sobiq örinbosari) guvohlar eşitilmay turib körsatma bermasliklarini aytdi.
Şu sabab sud işi 24 oktyabrga qadar tanaffus e’lon qildi.
Eslatib ötamiz, Kun.uz oldinroq Furqat tumanida maktab direktori bölgan Gulira’no Qosimova bilan sodir bölgan holat haqida suriştiruv e’lon qilgandi. Unda Furqat tumani IIB xodimlari ayolni kaltaklab, kiyimlarini yirtib, yalanğoç holda tasvirga olgani haqida gap boradi. Holat Senat qömitasi tomonidan nazoratga olingan. Ombudsman Furqat tumani IIBning 4 nafar mas’ul xodimi jinoiy javobgarlikdan ozod etilganini ma’lum qilib, holatga aloqador bölgan har bir şaxsning qilmişi töliq va xolisona örganilişini söragan.
Avvalgi sud majlisida körsatma bergan Furqat tuman soliq inspeksiyasi sobiq boşliği, iş böyiça jabrlanuvçilardan biri bölgan Qurbonali Abdurahmonov özi bilan bir vaqtda işlagan tuman IIB boşliği Akmal Xöjayev unga militsiya xodimlari kuniga 20 ta televizor olib berasan degan topşiriq berganini, u rad etganidan söng IIB boşliği “IIBga qarşi çiqiş qanday bölişini körsatib qöyiş” bilan tahdid qilganini eslagandi.












