Muhabbatdan nafratgaça 2 yil: Savçenkoning davlat töntarişi böyiça ssenariysi
|06:10 / 23.03.201835 75914 min
22 mart kuni Ukraina faxri, xalq qahramoni, «Za mujnіst» kavaler ordeni sohibi, faxriy fuqaro, Oliy rada xalq deputati Nadejda Viktorovna Savçenko Ukrainada davlat töntarişi amalga oşirişga urinişda ayblanib qölga olindi.
Rossiyadagi asirlik
Foto: Kommersant'
Roppa-rosa ikki yil muqaddam Savçenko Rossiyada asirlikda edi. 2016 yilning 22 martida unga 22 yillik qamoq jazosi tayinlangandi. Xalqaro taşkilotlar Rossiyadan Savçenkoni ozod etişni talab qilar, Savçenko sud zallarida ukrainça qöşiq aytar va kulardi.
Ukraina prezidenti Petro Poroşenko esa uçuvçi qiz Nadya Savçenkoni ozod etiş uçun muzokaralar boşladi. U asirlikdagi ikki nafar rossiyalikni Savçenkoga almaştirişni taklif qildi.
«Batkivşçina» yetakçisi Yuliya Timoşenko esa Obama va Merkeldan «Putinga ta'sir körsatib» Savçenkoning ozod etilişida yordam söradi. AQŞ Davlat departamenti rasmiysi Jon Kirbi esa bu Rossiyaning içki işlariga aralaşiş bölişini aytib, AQŞ qonun doirasida yöl tutişini ma'lum qildi.
AQŞ bu işga aralaşişdan boş tortdi, 2016 yil 5 aprelidan hukm kuçga kirdi. 6 aprel kuni Savçenko oçlik e'lon qildi, keyin bu fikridan qaytdi. Keyin yana oçlik e'lon qildi, keyin... 2016 yil 25 mayida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Savçenkoning harakatlari oqibatida halok bölgani aytilgan jurnalistlar Igor Kornelyuk va Anton Voloşinning qarindoşlari iltimosi tufayli «uçuvçi Savçenko»ni afv qiliş haqidagi farmonini imzoladi.
Şu kuni Ukraina prezidenti Poroşenkoning samolyoti ikki nafar rossiyalik asirni olib uçib Rostovga qöndi va Savçenko bilan Kiyevga qaytdi.
«Zaharli» Nadya
Foto: Kommersant'
Ukraina öz qahramon qizini olqişlar bilan qarşi oldi. Poroşenko ham uni xursandçilik bilan kutib oldi, ammo uning bu xursandçiligi uzoqqa bormadi. Asirlikdan qaytgan Nadya-Nadenka prezidentga sovğa tayyorlab qöygandi - u keyingi kuniyoq Ukraina prezidenti böliş maqsadi haqida e'lon qildi.
2016 yilning 7 iyun kuni Nadya Donbassni qaytariş rejasi haqida ma'lum qildi, uningça LXR va DXR bilan oçiq muzokara ötkaziş kerak: «Biz bir-birimizga tabassum qilamiz va barçasi amalga oşadi». Oliy Rada va Ukraina matbuoti mum tişladi.
Mavzuga oid
2016 yilning 22 iyunida Savçenko, agar şu kuni prezidentlik saylovi ötkazilsa, yuz foizlik ğalabaga erişişi haqida işonç bilan gapirdi.
2016 yilning 23 iyulida Savçenko Ukraina prezidenti bölişi şunçaki zarurat ekanini aytdi.
Poroşenko endi undan qutuliş payiga tuşdi. Savçenko Ukraina Xavfsizlik xizmatiga çaqirilib, tergov qilindi, uni «Batkivşçina» safidan haydaşdi, Ukraina delegatsiyasi tarkibidan çiqarişdi.
Bosim ostida qolganiga qaramasdan Savçenko Oliy Radaga «granatalar solingan sumka» bilan kelib, 2019 yilgi saylovlarda iştirok etişi haqidagi jiddiy niyati hammani qörqitib yubordi. Buning oqibatlari köp kuttirmasligi tayin edi.
2018 yilning 15 martida xalq deputati Anton Geraşçenko ma'lum qildiki, Nadejda Savçenko Ukrainada davlat töntarişi uyuştirişga urinişda gumonlanmoqda va u «Ruban işi»ga aloqador bölişi mumkin. Şu kuni Ukraina boş prokurori Yuriy Lutsenko ham Savçenko Oliy Radada terakt sodir etişni rejalaştirganini tasdiqladi va uni hibsga olişni söragandi. Öşanda u Savçenko Radada terakt uyuştirişni rejalaştirgani böyiça «rad etib bölmas» dalillarga egaligini aytgandi: göyoki, u parlamentning ikki lojasini «harbiy granatalar bilan yöq qiliş», «minorani minomyotda urib tuşiriş» va «omon qolganlarni avtomat bilan qirib taşlaş»ni reja qilgan.
Şundan söng, «uçuvçi»ni Radaning Ukraina milliy xavfsizligi böyiça qömitasidan çiqarib yuborişdi.
Ukraina Xavfsizlik xizmatidagilar Savçenko — «Rossiya qamoqxonasida agentlikka yollangani»ni tusmol qila boşladi. Uni «Putinning agenti!» deyişdi. Bunga javoban Nadya-Nadenkaning jini qözidi va Ukraina hukumatini Ukraina xalqiga qarşi jinoyatlarda aybladi.
Bugun Ukraina Oliy radasida deputat Nadejda Savçenkoni deputat sifatida daxlsizlikdan mahrum qiliş, javobgarlikka tortiş, qölga oliş va hibs qiliş böyiça yiğiliş ötkazildi.
Savçenko Ukraina Oliy radasi qömitasi yiğilişiga ikkita anor (granat) bilan keldi.
Foto: RIA «Novosti»
«Sizlarga hozir ölimga naqadar yaqin bölganingizni aytişim kerak. Sizlarni qörqitişgan, sumkamda granatalar bormidi? Ha, granatlar bor edi. Granatlar bölgandi. Mana ular», – deya ikkita anorni stolga taşladi Savçenko. Uning aytişiça, 15 mart kuni Radada ham uning yonida şunday «granata»lar bölgan.
Ammo Lutsenko deputatlarga 20 daqiqalik videoni qöyib berdi, unda Savçenkoning davlat töntarişi uyuştiriş böyiça rejalari aks etgandi. Şundan söng deputatlar uning qölga olinişiga rozilik berdi - deputatni jinoiy javobgarlikka tortiş uçun 291 deputat «ha» deb ovoz berdi. Savçenkoni qölga olişga 277 deputat rozi bölgan bölsa, hibs qiliş uçun – 268.
Savçenko mamlakat parlamenti binosida qölga olindi.
«Sizga gumonlanuvçi boğiçini taqaman. Men bilan birga Ukraina Xavfsizlik xizmatining Kiyev böyiça boşqarmasiga borişingiz kerak», dedi unga tergovçi.
Tergovga köra, Savçenko Kiyevdagi hukumat binolariga minomyotlar bilan hujum qilişni rejalaştirişda gumonlanadi.
Davlat töntarişi ssenariysi
Savçenko Oliy Rada binosi oldida jurnalistlar va huquq-tartibot organlari xodimlari qurşovida
Foto: RIA «Novosti»
Oliy radada Boş prokuror tomonidan namoyiş etilgan 20 daqiqalik videoda Savçenko Donbassdan qurol olib kelib, mamlakatda hokimiyatni kuç bilan oliş böyiça hamfikrlari bilan reja tuzgani aks etgan.
Videoga köra, Savçenko 2017 yilning 1 dekabr kunida Xmelnitskdagi harbiy qismdagi maxfiy uçraşuvda Petro Poroşenko saylovda yutqazişidan umid qiliş kerakmasligi, ikkinçi turda unda kuçsiz raqib bölişi, şu tufayli uni va hozirgi hukumatning yuqori martabali amaldorlarini parlament zalida jismonan yöq qiliş zarurligi haqida gapirgan.
«Yulka (Timoşenko) Rossiyani ham, Amerikani ham qanoatlantirmaydi. U unga (Poroşenko) raqib böla olmaydi. U ikkinçi turga Poroşenko uçun kuçsiz raqib çiqişini ta'minlab beradi, bu Lyaşko yoki Boyko böladi. Men davlat töntarişini taklif etaman. Ularni bir kunda, bir joyda jismonan yöq qilmoq darkor. Şunday qiliş kerakki, ularning birontasi ham qoça olmasin. Meni hukumat kvartallari ularning uylaridan kamroq qiziqtiradi. Şunday qiliş kerakki, ularning qoçadigan joyi qolmasin. Keyingi vazifalar vaqti bilan paydo böladi», deydi videoda Savçenko.
Audioyozuvda suhbatdoşlar davlat töntarişining turli ssenariylarini muhokama qilişgan: hukumat kvartallarini minomyotlardan öqqa tutiş, amaldorlarning uylariga qurolli hujumlar uyuştiriş, Oliy radada granatalar portlatiş, omon qolganlarni avtomatlar bilan qirib taşlaş.
«Bu işni bir kişi qisqa vaqt içida amalga oşirişi kerak. Albatta, tirik qolişning imkoni yöq. Şu tufayli men bu rolga özimni taklif qilaman. Qahramonlar ölmaydi, qahramonlar mangu yaşaydi», degan Savçenko.
Videoda şuningdek, u agar amaldorlar va siyosatçilarni hukumat binolarida öldirib bölmasa, bu işni ularning uylarida amalga oşiriş zarurligi haqida gapiradi. Keyin gap aynan Poroşenko, Milliy xavfsizlik kengaşi kotibi Aleksandr Turçinov, Içki işlar vaziri Arsen Avakovni bir joyda öldiriş zarurligi haqida ketadi. «Bu Oliy radada prezident öz hisobotini öqiyotgan mahalda röy berişi kerak», deydi Savçenko.
Boş prokuratura xulosasiga köra, öz rejalarini amalga oşiriş uçun Savçenko asirlarni almaşiş böyiça sobiq vositaçi Vladimir Ruban va Donetsk Xalq respublikasi rahbari Aleksandr Zinçenko bilan til biriktirgan.
Ruban 8 mart kuni Donbassdan qurol-yaroğ olib ötayotganida çegarada qölga tuşdi.
Savçenko 2 hafta oldin qölga olingan Vladimir Rubanning sudida
Foto: UNIAN
«Savçenko noyabr oyida maxsus tayyorgarlikdan ötgan jangçilarning 8 polkiga murojaat qilgan. U Lyaşçga, Kotga, Zaxarçenkoga va Bereznoga davlat töntarişi amalga oşirişni taklif etgan, ofitserlar bir töxtamga kelgunça, Ruban qurollarning bir qismini Ukrainaga olib ötgan, 4 ofitser esa bu haqda Ukraina xavfsizlik xizmatini xabardor qilişgan», dedi Oliy rada yiğilişi çoğida boş prokuror Yuriy Lutsenko.
Ofitserlardan biri sudda «Ruban pul evaziga yuk taşiş uçun avtobus söragani»ni tasdiqlagan. «Men unga ulov berdim, Savçenko Donbassdan minomyotlar keltirilişini aytdi», deya ofitserning sözlarini keltirgan boş prokuror.
Uning aytişiça, xiyonatçilar Kiyev markazini Truxan orolidan yoki Dneprdagi barjadan turib minomyotlardan öqqa tutişni rejalaştirişgan.
Uning aytişiça, ofitserlar bunday kelişuv haqida xabardor qilgaç, harbiy xizmatçilar Ukraina Xavfsizlik xizmati körsatmalari böyiça harakatlangan, ularning hamkorligi tufayli Kiyevda sodir etilişi mumkin bölgan yirik teraktlarning oldi olingan. «Bu mutlaqo maxfiy amaliyot edi, bu amaliyot endi final qismiga yetdi», dedi Ukraina boş prokurori.
Savçenko: «Men davlat töntarişi taklif qilganman»
Savçenko deputatlik mandatidan va Ukraina qahramoni unvonidan voz keçmoqçi emas
Foto: UNIAN
Savçenkoning özi Kiyevda hokimiyatni kuç bilan olişni öylaganini tan oldi, ammo u bu rejasini amalga oşirişga kirişmaganini aytdi.
«Men syurrealizm hosil qilişga urindim, men imkoni bor va imkonsiz işlar haqida gapirdim», dedi Savçenko Oliy rada yiğilişi vaqtida.
U Donbassdan qurollar keltirilişiga aloqadorligini inkor qilmadi. Uning fikriça, bu «maxsus amaliyot»dir. «Raqibning qurolini olib çiqiş - hamişa manfaatli. Kiyev nazoratida bölmagan hududdan olib çiqilgan har bir qurol, har bir mina, har bir patron - bizning soldatlar oldida portlaşi yoki bizning soldatlarga tegişi mumkin bölgan snaryadlarning zararsizlantirilişidir», dedi u qömita yiğilişi vaqtida.
Parlament yiğilişi vaqtida u yana bir bor Oliy radada terakt uyuştirmaganini ta'kidladi. U parlament binosida deputatlar va siyosatçilardan boşqalar ham, oddiy xodimlar va jurnalistlar bölişi, ular deputatlarning «xaloskor fariştalari» ekanini dastak qilgan.
«Agar ular bölmaganida, bu iş allaqaçon sodir ham bölardi», dedi Savçenko parlament tribunasida turib.
Ammo Savçenkoning oqlovlari boş prokurorda taassurot qoldirmadi.
«Bugungi kunda telefon orqali qayergadir bomba qöyilgani haqidagi yolğon xabar uçun 5 yil berişadi. Şuning uçun, buni faqat illyuziya va syurrealizm deb ataş bilan qutulişga urinmang. Bu ongli ravişda işlab çiqilgan reja va unga tayyorlaniş, qurol olib keliş va ijroçilarni yollaş bölgan», dedi u.
Savçenko: «Mendan emas, ulardan qörqing»
Nadejda Savçenko Oliy Rada binosi oldida onasi bilan
Foto: Valentyn Ogirenko/Reuters
Boş prokuror qöyib bergan, Savçenkoning qilmişlari oçib taşlangan videoni parlamentdagi deputatlar yuzida nafrat bilan tomoşa qilişdi. «Volya naroda» guruhidan bölgan Yevgeniy Ribçinskiy ertalab Savçenkoga qarşi ayblovlar yeçilişi uçun ovoz bermoqçi bölgani, ammo bu videodan keyin fikridan qaytgani, uning hibsga olinişi uçun ovoz berganini aytdi.
«Sen aybsiz bölganingda, men bugun sen uçun ovoz bergan bölardim. Ammo sen aybdorsan», dedi tribunada turib «Aydar» köngillilar batalonida Savçenko bilan birga jang qilgan sobiq jangçi, hozirda deputat bölgan Yevgeniy Lapin.
Şu bilan birga, uşbu bölimning sobiq qömondoni Sergey Melniçuk öz nutqida Savçenkoni himoya qildi.
«Biz hukumatni özgartiriş uçun imkon qadar iş qilişimiz kerak, bu hukumat odamlarni jonidan töydirdi. Agar biz bir ilojini qilmasak, odamlar kelgusida yanada radikallaşadi, bu işni Nadejda qilmagan bölsa, ular qilişadi», dedi u va «Ukrainada terrorizmga örin yöqligi»ni qöşimça qildi.
Savçenkoning özi ovoz berilişidan oldingi «oxirgi söz» sifatida «Ukrainaga yangi Konstitutsiya kerakligi» haqida gapirdi.
Savçenko hozirgi hukumat ötgan 4 yil mobaynida «uruş parlamentga kirib kelmasligi» uçun heç iş qilmaganini aytdi. «Kelajakda nima bölsa köraverasiz endi.. Mendan qörqmang, endi sizlarga parlamentda xavf tuğdirmayman. Sizga xalq xavf tuğdiradi», deya tahdid qildi u.
Lutsenko: «Bugun jarayon endi boşlandi, hali bu hammasi emas»
Yuriy Litsenko parlament tribunalida
Foto: UNIAN
Boş prokuror Lutsenko «Ruban-Savçenko terroristik dueti»ni «içkaridagi antiukrain front»ning bir elementi ekanini aytdi.
«Ukraina Xavfsizlik xizmati ham, harbiy prokuratura ham asosiy vazifa qilib, varaqalar, pullar, minalar va granatalar bilan Ukraina davlatçiligiga tahdid soladiganlarni aniqlaşni belgilab olgan», dedi u.
Yuriy Lutsenkoning baholaşiça, bu iş böyiça tergov jarayoni 2-3 oy muddatga çöziladi, şundan söng iş sudga ötkaziladi.
U şuningdek, Savçenko ruhiy ekspertizadan ham ötkazilişi mumkinligini anons qildi. Uning tusmol qilişiça, yaqin kunlarda u şunday tekşiruvdan ötadi.