Singapurda AQŞ prezidenti Donald Tramp va KXDR yetakçisi Kim Çen In örtasidagi uçraşuv boşlandi, deb xabar qilmoqda ABC.





Ta'kidlanişiça, sammit Singapurning qolgan qismidan köprik bilan ajratilgan Sentos kurort orolda bölib ötmoqda. Davlat rahbarlari «Kapella» mehmonxonasida uçraşişgan. Tramp va Kim Çen In har ikki davlat bayroği fonida, qizil yölakçada uzoq vaqt qöl siqişib turişgan. Tramp KXDR yetakçisi bilan uçraşgan AQŞning birinçi prezidentiga aylandi.
Donald Tramp va Kim Çen In muzokaralar boşlanişidan avval jurnalistlar bilan ham uçraşişgan.

Kim Çen Inning sözlariga köra, bu sammitni taşkillaştiriş yölida köplab tösiqlar paydo böldi, ammo ulardan muvaffaqiyatli ötildi. Tramp har ikki davlat yetakçilarining uçraşuvini juda katta yutuq, deb atagan.
«Men uçun bu juda katta şaraf va işonçim komilki, biz ajoyib munosabatlarni örnatamiz», - deya ma'lum qildi Tramp.
ABC xabariga köra, Donald Tramp va Kim Çen In yakkama-yakka uçraşuvni tugatişgan. Trampning ma'lum qilişiça, muzokaralar «juda yaxşi» ötdi. Şu bilan birga, Tramp KXDR yetakçisi bilan «ajoyib munosabatlarda» ekanini qayd etgan.












