Quvasoy şahar prokuraturasining şundoqqina qarşisida yuzlab daraxtlar “köçirib ötqaziş” bahonasi bilan qöporib taşlandi. Bu şahar hokimi Zafar Töraqulovning şaxsiy taşabbusi bölgan: ekologiyadan rozilik olinmagan. “Qabristonlarga köçirildi” deyilgan daraxtlarning keyingi taqdiri ham noma’lum.
Holatni örganiş uçun hududga borganimizda aynan daraxtlar köçirilgan manzilda Quvasoy şahar hokimi Zafar Töraqulov, viloyat ekologiya boşqarmasi boşliği Bahrom Jumanov va bir qança rasmiylarni uçratdik.

“Daraxt köçirişga heç kimning haqqi yöq”
“Daraxtlar köçirilişi bilan boğliq holat nazoratimizga olingan. Hozirda sanoqlaş işlarini amalga oşiryapmiz. Qonunda qanday javobgarlik belgilangan bölsa, tegişli tartibga çora köriladi.


Köçiriş böyiça bizdan ruxsat olinmagan. Daraxtlarni köçiriş uçun ruxsat berişga heç kimning haqqi yöq. Daraxtni boşqa joyga köçirişga ham heç kimning haqqi yöq”, deydi viloyat ekologiya boşqarmasi boşliği Bahrom Jumanov.

Quvasoy şahar hokimi örinbosari Oybek Akbarovga köra, daraxtlar şaharning tört hududida joylaşgan qabristonga köçirib ötqazilgan, ular kökarib ketişi uçun barça kerakli tadbirlar amalga oşirilayotgan ekan.

“Daraxtlar qurimaydi”
“Körib turganingiz 3 gektardan iborat maydon Quvasoy şahar hokimligi balansida. Bu yerda asosan qarağay daraxtlari bölgan. Ularni maxsus texnikalarda köçirib, kerakli joylarga ötqazdik.

























