Ma'lum bölişiça, u firibgarlik qurboni bölgan - uning onasiga uyni 13 ming dollarga aldab sotgan ayolga ozodlikni çeklaş jazosi qöllangan, uyning asl egasi esa mulk öziga qaytarilişi uçun sudga murojaat qilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatida yaşovçi fuqaro uyidan majburiy çiqarişga oid ijro harakatlari amalga oşirilayotgan paytda öziga öt qöyib yuborgani tasvirlangan video tarqaldi.
Videolavhada ayol kişi huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlari va boşqa fuqarolar oldida uydan majburiy tartibda çiqarişga oid talabga qarşilik körsatayotgani aks etgan.
Boş prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi Kun.uz’ga taqdim etgan ma'lumotga köra, uşbu hodisa 29 sentabr kuni Namangan şahrida sodir bölgan.
«Fuqarolik işlari böyiça Namangan tumanlararo sudining 2019 yil 8 oktyabrdagi hal qiluv qaroriga köra, undiruvçi J.A. foydasiga javobgar M.D. va uning oila a'zolarini Namangan şahridagi xonadonlardan biridan majburiy tartibda köçiriş belgilangan. Mazkur ijro hujjati böyiça byuroning Namangan şahar bölimi tomonidan iş yuritişni qözğatiş töğrisida qaror qabul qilinib, qaror nusxasi tomonlarga yuborilgan.
Javobgar M.D. va uning oila a'zolariga nizoli uydan çiqib ketişlari kerakligi tuşuntirilib, ijro hujjati talabi bajarilmagan taqdirda unga nisbatan Özbekiston Respublikasi MJtKning 198-1-moddasiga asosan jarima jazosi qöllanişi hamda majburiy tartibda köçirilişi töğrisida bölim davlat ijroçisi tomonidan 2019 yil 6 dekabrda ogohlantiriş xati berilgan.
Qarzdor M.D. va uning oila a'zolari davlat ijroçisining oğzaki va yozma ogohlantirişiga qaramasdan sudning ijro varaqasida körsatilgan xonadonni böşatişdan böyin tovlagani uçun davlat ijroçisi tomonidan ijro hujjatida körsatib ötilgan manzildan 2019 yil 12 dekabr kuni köçiriş harakatlarini majburiy ijro etiş tayinlanib, bu haqida qarzdorning özi va tegişli taşkilotlarga ma'lum qilingan.
Biroq, javobgar M.D. tomonidan kassatsiya tartibida şikoyat keltirilgani sababli yuqoridagi qaror ijrosini vaqtinça töxtatiş haqidagi sudning ajrimi qabul qilingan va ijro harakatlari töxtatilgan.
Şundan söng, sud ajrimi bilan kassatsiya şikoyatini qabul qiliş rad qilingan va ijro harakatlari davom ettirilgan.
Joriy yilning 11 mart kuni mazkur xonadonga majburiy ijro harakatlarini ötkaziş uçun tegişli taşkilot xodimlari va xolislar iştirokida borilganda qarzdor M.D. uyda yöqligi sababli ijro harakatlari keyinga qoldirilgan. Şundan söng Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 23 martdagi «Koronavirus infeksiyasi tarqalişiga qarşi qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qarori qabul qilingan bölib, unga binoan idoraviy böysunuvidan va taşkiliy-huquqiy şaklidan qat'i nazar barça taşkilotlarda karantin holati joriy qilingani sababli, ijro hujjati ijrosini ta'minlaş 2020 yil 15 avgustga qadar töxtatib turilgan.











