Samolyot va vertolyotlar majburiy ravişda Termiz xalqaro aeroportiga qöndirilgan.
Qayd etilişiça, 15 avgust kuni Qarşi şahridagi “Xonobod” aeroportiga qöniş uçun ruxsat söragan Afğoniston Islom Respublikasining 3 ta “Embrayyer-314” rusumli harbiy samolyoti Termiz aeroportiga qöniş töğrisida ogohlantirilib, ular Özbekiston Respublikasining 2 ta “MiG-29” rusumli harbiy samolyotlari kuzatuviga olingan.
“Lekin kuzatuv davomida “Embrayyer-314” va “MiG-29” rusumli samolyotlar töqnaşib, Surxondaryo viloyatining Şerobod tumani hududiga qulagan. Uşbu samolyotlar uçuvçilari paraşyut (katapult) orqali yerga tuşişgan”, – deyiladi rasmiy axborotda.
Ta'kidlanişiça, şu kuni 158 nafar afğon fuqarolari va qurollangan harbiy xizmatçilari daryo orqali Termiz tumani hududiga qonunga xilof ravişda ötişgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Özbekiston Respublikasi boş prokurori tomonidan Jinoyat kodeksining 223-moddasi 2-qismi “b” (qonunga xilof ravişda çet elga çiqiş yoki Özbekiston Respublikasiga kiriş jinoyati bir guruh şaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilişi) bandi bilan jinoyat işi qözğatildi.
Tergovni Boş prokuratura olib boryapti.

















