Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlari safida muddatli harbiy xizmatni ötab, harbiy qism qömondonligining tavsiyanomalariga ega bölgan fuqarolarni oliy ta'lim muassasalariga qabul qiliş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomga köra, respublika OTMlari bakalavriatiga qabul böyiça davlat buyurtmasi parametrlariga qöşimça ravişda tavsiyanomaga ega abituriyentlar uçun alohida kvota belgilanadi.
Alohida qabul körsatkiçlari har bir OTM bakalavriatiga davlat buyurtmasi parametrlarining beş foizini taşkil etadi.
Tavsiyanomaga ega abituriyentlar talabalikka tavsiya etilişi uçun, töplaş mumkin bölgan ballning 30 foizidan kam bölmagan miqdorda ball yiğişi talab etiladi.
Ular özlari tanlagan uç yönalişdan faqat birinçisida alohida kvota doirasida tanlovda qatnaşadi. Birinçi tanlagan yönalişlarida öqişga kira olmagan taqdirda, keyingi yönalişlarda umumiy tartibda tanlovda iştirok etadi.
Ya'ni tavsiyanomaga ega abituriyent birinçi tanlagan yönalişiga imtihondan yiqilgan taqdirda, ikkinçi va uçinçi yönalişlarda öqişga kiriş uçun barça abituriyentlar bilan umumiy raqobatga qöşiladi.
Nizomda belgilanişiça, tavsiyanomaga ega abituriyentlar barça ta'lim şakllari (kunduzgi, keçki, sirtqi) böyiça öqişga kiriş uçun hujjat topşiriş huquqiga ega.
Qayd etiş joiz, mazkur nizom talablari oliy harbiy ta'lim muassasalari, Özbekistondagi xorijiy OTMlar va ularning filiallari, şuningdek, nodavlat OTMlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

















