Hozir “Langar”da yaşaydigan aholining asosiy daromadi çorvadan, lekin qurğoqçilik sabab aholi daromadi yaxşi emas.
Çekka hududda joylaşgan mahalla ahlining aytişiça, mehnat yoşiga yetgan yigitlar, asosan, çetdan iş izlaydi. Lekin bir paytlar “Langar” juda gavjum, hamma iş bilan band bölgan.





Qörğonçaga kirib borişda şundoq yöl ustida bir guruh obodonlaştiriş xodimlari bilan uçraşdik. Şu mahalla ayollari bölgan işçilar biz bilan suhbatda yaşab turgan joylarining özida iş topiş qiyinligi, şuning uçun köpçilik xorijdan iş izlaşi haqida gapirib berişdi.
“Köpçilik Toşkentga, Rossiyaga, Qozoğistonga iş izlab ketgan. Mahallada, asosan, yoşi kattalar, ayollar va bolalar qolgan. Bolalar otalarini körmasdan katta bölyapti”, – dedi biz bilan suhbatda Nasiba Örolova.
Keyingi manzilimizda esa bizni qiziq sarguzaşt kutib turgan ekan. Mahalla binosi oldida bizni körgan mahalla raisi “Langar” MFY hududiga kiriş uçun hokimiyatdan maxsus ruxsatnoma olişimiz kerakligini, xizmat guvohnomamiz heç qanday ahamiyatga ega emasligini aytib, hududdan çiqib ketişimizni talab qildi.
Biz esa mahalla alohida ruxsatnoma olib kiriladigan hudud emasligini, aholi yaşaş punktlarida kamerada tasvirga oliş uçun ruxsat talab qilinmasligini tuşuntirişga harakat qildik.
Tuman markazidan uzoqdagi mahallada raislik qilayotgan Murodulla Ğaniyevni OAV va jurnalistlar huquqlari haqida yetarliça xabardor emasligini töğri tuşuniş mumkin, lekin mahalla raisi qönğiroq qilib boğlangan Xatirçi tumanining turli taşkilotlari rahbarlarining “Reportajga ruxsat bermang” deb buyruq ohangida bergan topşiriqlarini tuşuniş qiyin.
Xullas, ma'lum tuşuntirişlardan söng, mahalla hududida reportaj qilişni boşladik.





































