Namangan viloyatining Pop tumanidagi Guliston qişloği toğ oralab 22 kmga çözilgan. Ikki toğ orasi, soy böyida joylaşgan bu göşa betakror tabiati bilan maşhur. Yoz faslida dam oluvçilar bilan tölib-toşadigan qişloq havo harorati tuşib ança huvillab qolgan. Kun.uz 91 yoşni qarşilagan Ravzaxon aya Sultonova xonadonida mehmon bölib, ularning kunlik yumuşlari bilan tanişdi.
Ravzaxon aya yoşi bir joyga borib qolgan bölsa-da ança tetik. Ikki muşuk uning doimiy hamrohi. Onaxon peçka qurilgan, taşqari mörisidan burqsib tutun çiqayotgan uyda muşugini silab ötirardi:

“Beş nafar öğlim bor. Turmuş örtoğim ança ilgari vafot etgan. Öğillarimni uyli-joyli qildim. Men bilan birga kenja öğlim Yoqubjon qolgan. U maktabda qorovul. Ikki bolasi bor: bir qiz, bir öğil. Motosikli bor. Unda yoz faslida mehmonlarni toğga olib çiqib pul işlaydi.

Asalariga qiziqib parvariş qilyapti. Asal yiğiştirganda hamma akalariga bir bankadan berdi. Ortib qolganini sotdi. Umri uzoq bölsin. Topganiga baraka bersin. Öğlim erta-yu keç meni parvarişlab duo oladi.
Boşimizdan ança taşvişli kunlar ötgan. Qiyinçilik bilan ösganmiz. Uruş vaqtida qorin töqlaş azobini kördik. Kerak bölsa, bir burda nonga zor böldik.


Harorat ançagina pasaydi. Uylar sovuq. Öğlim ötin tayyorlab qöygan. Boltada yorib-yorib peçkaga solib beryapti. Issiqqina ötiribman. Arzon kömir tarqalişini kutib ötiribmiz. Yetmaganiga qöldan sotib olib to bahorgaça peçka yoqamiz.
Muşuklarni yaxşi köraman. 10 yildan köp böldi. Kiçkina mittiça edi. Bitta nevaram olib keldi birovnikidan. Aça şunday boqaylik, çiroyli ekan deb. Endi şuning ham bitta foydasi bordir. Payğambarimizning qöllari tekkan bu jonivorga”, deydi Ravzaxon aya.


















