Ijtimoiy tarmoqlarda ilğor paxtakorlar, paxta terimi rejasini bajargan klaster rahbarlari, uç va undan ortiq egiz farzand körgan oilalar, iqtidorli yigit-qizlarga avtomobil, uy sovğa qilinişi, hokimlar ularni kimning hisobidan berayotgani köplab muhokamalarga sabab bölmoqda.

Moliya vazirligi davlat budjeti boş boşqarmasi boşliği Jamşid Abruyevning aytişiça, bundan buyon hokimlar istagan odamiga maşina, uy sovğa qilolmaydi, faqatgina mahalliy kengaşlar ma'qullagan yönalişlarga qöşimça daromadlarni işlatişlari mumkin.

“Bundan keyin mahalliy hokimliklar faqatgina mahalliy kengaşlar ma'qullagan yönalişlarga qöşimça daromadlarni işlatişlari mumkin. Ijtimoiy tarmoqlarda kördik - hokimlar uy-joy, maşinalarni qayerdan olib berayotgani haqida jamoatçilikda savollar tuğilyapti. Bular qöşimça daromadlar hisobidan olindi, deyişlari mumkin. Mahalliy hokimliklarning qöşimça daromadlari ham baribir mahalliy budjetning mablaği. “2020 yil uçun Özbekiston Respublikasining Davlat budjeti töğrisida”gi qonunning 20-moddasi bilan budjet mahalliy budjet kengaşida qanday tasdiqlansa, qöşimça daromadlar ham xuddi şu tartibda tasdiqlanişi kerak degan norma kiritildi. Bu budjet intizomini tartibga soladi”, deya Jamşid Abruyevning sözlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Davlat budjeti boş boşqarmasi boşliğining qöşimça qilişiça, hokimlarga favqulodda vaziyatlardagi kiçik xarajatlar uçun mablağlarni mahalliy budjetdan olişga ruxsat berilyapti. Bunda ham pullar nimaga sarflangani haqida har çorakda hisobot topşirilişi şart. Ammo favqulodda xarajatlar uçun deb mahalliy budjet puliga uy, maşina olişolmaydi, faqatgina ta'mirlaş va boşqa şunga öxşaş holatlarga xarajat qilişlari mumkin.