Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xususiy tadbirkorlar olib kirayotgan mashinalar uchun yana bir yangi tartib joriy qilindi
Yakka tartibda yoki xususiy tadbirkorlar tomonidan import qilinadigan avtomobillar uchun elektromagnit moslashuvchanlik tekshiruvi joriy qilindi. Tekshiruv narxi benzinda yuradigan mashinalar uchun 9 mln 88 ming so‘m, elektromobillar uchun esa qariyb 6 mln 300 ming so‘m.
Elektromobillarni o‘z nomiga olib kirmoqchi bo‘lganlar yoki rasmiy diler bo‘lmagan xususiy tadbirkorlar muvofiqlik sertifikati olish jarayonida mashinani elektromagnit moslashuvchanligi bo‘yicha ham tekshiruvdan o‘tkazishiga to‘g‘ri keladi. Bu haqda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan ma’lumotlarni Kun.uz’ga UzTest axborot xizmati tasdiqladi.
«Bu tartib oldindan bor edi. Ya’ni avtomobillarni elektromagnit moslashuvchanlik bo‘yicha tekshiruvdan o‘tkazish. Bundan maqsad bitta transport vositasi boshqa avtomobilga ziyon yetkazishining oldini olish. O‘zbekistondagi rasmiy dilerlar bu tekshiruvdan o‘tib bo‘lgan. Ularga sertifikat ham berilgan. O‘tgan yili bu kabi sertifikatlardan 40 tadan ortiq bergan bo‘lsak, bu yil 30 tadan ko‘proq shunday sertifikatlar berildi. Ular mashinalarini har 3-6 oyda tekshiruvdan o‘tkazib turadi va hujjatlarni taqdim etadi.
Rasmiy diler bo‘lmagan avtosalonlar uchun ham bu tartib qo‘llanishi boshlandi. Tekshiruv narxi benzinda yuradigan mashinalar uchun 9 mln 88 ming so‘mni, elektromobillar uchun esa qariyb 6 mln 300 ming so‘mni tashkil etadi. Bu narx 7 tagacha o‘rindiqqa ega bo‘lgan yengil mashinalar uchun. Transport vositalarining toifasiga qarab narx yana o‘zgaradi. Sinovlar Piskent avtopoligonida amalga oshiriladi.
Umuman olganda, rasmiy dilerga qanaqa talab qo‘yilgan bo‘lsa, mashina olib kirmoqchi bo‘lgan boshqalarga ham shunaqa tartib qo‘llanyapti», deyiladi UzTest izohida.
Mavzuga oid
19:50
Farg‘onada “prava”siz ayol uch odamni urib yubordi, bir kishi to‘shakka mixlandi: jabrlanuvchilar sud hukmidan norozi
13:49
Qozog‘istonda noqonuniy import kanali fosh etildi: amaldor va fuqaro qamoqqa olindi
10:41 / 09.01.2026
Sergelida BYD haydovchisi qizil chiroqda o‘tib, 2 ta avtomobil bilan to‘qnashdi
15:49 / 07.01.2026