Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AIBA sayloviga oz fursat qoldi. Rahimov ovoz berish jarayoniga o‘zgartirish kiritishni taklif qildi

Foto: Ma'ruf Asqarov / KUN.UZ
Rossiya poytaxti Moskva shahrida Xalqaro Boks Assotsiatsiyasining 2018 yilgi Kongressi o‘z ishini yakunlash arafasida. Yaqin bir soat ichida Radisson Royal mehmonxonasi qoshidagi Congress Park`da AIBA`ning rahbar lavozimlariga saylovlar bo‘lib o‘tadi.
Muxbirimizning xabar berishicha, saylov jarayoni boshlanishidan oldin ovoz berishda foydalaniladigan elektron qurilmalar test tariqasida sinab ko‘rilgan. Tashkilotchilar qurilmalarning soz holatda ekanini qayta-qayta tekshirib, bunga ishonch hosil qilishgan. Salkam bir soatlik texnik tayyorgarlikdan so‘ng barchasi shay holatga keltirilgan, ammo so‘nggi lahzada prezidentlikka nomzod G‘ofur Rahimov ovoz berishni maxsus qurilmalar yordamida emas, qog‘oz blankalarda o‘tkazishni taklif qilgan.
O‘zbekistonlik nomzodning taklifi ko‘rib chiqilishi aytilgan va anjuman ishida qisqa muddatga kofe-breyk e'lon qilingan. Hozirda ovoz berish qay yo‘sinda amalga oshishi noma'lumligicha qolmoqda.
Eslatib o‘tamiz, saylov keyingi to‘rt yilda AIBA prezidenti, 5 nafar vitse-prezidenti (konfederatsiyalar prezidentlari) va Ijroqo‘mning 5 nafar a'zosi lavozimini egallaydigan shaxslarni aniqlab beradi. Jahon havaskor boksining bosh rahbari bo‘lish uchun o‘zbekistonlik G‘ofur Rahimov va qozog‘istonlik Serik Qo‘naqbayev da'vogarlik qilmoqda.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Prezident administratsiyasi rahbariga 5 nafar o‘rinbosar lavozimi joriy etildi
O‘zbekiston | 15:52
-
Mers: AQSh bojlari Germaniya eksportiga qattiq ta’sir qiladi
Jahon | 15:52
-
The Samarkand express poyezdi loyihasi uchun 25 mln dollar investitsiya kiritilyapti
Iqtisodiyot | 15:48
-
Hafta davomida issiq kuchayishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 15:38
Mavzuga oid

18:50 / 12.12.2023
Bizda G‘ofur Rahimovga nisbatan jinoyat ishi mavjud emas - IIBB

17:49 / 05.05.2023
G‘ofur Rahimovning turmush o‘rtog‘ini chuv tushirganlikda ayblanayotgan aka-uka uzoq muddatga qamaldi

17:47 / 16.04.2022
G‘ofur Rahimov Boks federatsiyasida ish boshlaydi

13:19 / 13.12.2020