Davlat aktivlarini boşqariş agentligi prezident farmoniga muvofiq xususiylaştirilişi belgilangan 8 ta davlat obektini ommaviy savdoga çiqardi.

Aktivlarning 5 tasi Toşkent şahrida joylaşgan. Ular quyidagilar:

  • «Poytaxt» biznes majmuasi. 14 qavatli bino, maydoni 34 ming kvadrat metr. Binoda xalqaro konferensiyalar va biznes forumlar ötkaziş mumkin.
  • «Gazetalar işlab çiqariş majmuasi» binosi. 1,2 gektar yer maydoniga ega. Undan ma’muriy bino va ofis sifatida foydalaniş mumkin.
  • «Ma’muriy bino» (Sobiq Respublika birja markazi). Umumiy maydoni 1,1 gektar. Binoda savdo, xizmat körsatiş va tomoşa konsert faoliyatini yölga qöyiş mumkin.
  • «Malika» savdo va maişiy xizmat körsatiş majmuasi. Yer maydoni 4,1 gektar. Majmuada 120 dan ziyod tadbirkorlik sub’yekti va savdo markazi faoliyat olib bormoqda.
  • «Içan qal’a» mehmonxona majmuasi. Yer maydoni 0,6 gektar. Otelda 58 ta xona hamda 5 ta alohida kottejlar bor.

Qolgan 3 ta davlat aktivi Toşkent viloyatida joylaşgan bölib, ular yil davomida işlaydi va tayyor biznes şaklida investorlarga taklif etilmoqda.

  • «Beldirsoy» dam oliş maskani. Yer maydoni 46,1 gektar. Oromgoh 78 öringa möljallangan mehmonxona va 16 ta kottejdan iborat.
  • «Qizil suv sport soğlomlaştiriş» MÇJ. Yer maydoni 5,9 gektar. 110 kişilik 8 ta kottej, konferens zal, mini futbol maydonçasi, suziş havzalari bor.
  • «Sijjak» dam oliş maskani. Yer maydoni 5,4 gektar. Restoran, kinoteatr, qişki boğ, bar, sauna, sport zallari, oçiq va yopiq suv inşootlari, kottejlarni öz içiga oladi.