OFKning Kuala-Lumpurdagi ştab-kvartirasida 2022 yilgi Jahon çempionati va 2023 yilgi Osiyo kubogining saralaş musobaqasi 2-bosqiçiga qur'a taşlandi.

Özbekiston milliy jamoasi qur'ada Saudiya Arabistoni, Falastin, Yaman va Singapur termalari bilan birga «D» guruhidan joy oldi.

Qur'a natijalari quyidagiça:

«A»: Xitoy, Suriya, Filippin, Maldiv, Guam
«B»: Avstraliya, Iordaniya, Xitoy Taypeyi, Kuvayt, Nepal
«C»: Eron, Iroq, Bahrayn, Hongkong, Kamboja
«D»: Saudiya Arabistoni, Özbekiston, Falastin, Yaman, Singapur
«E»: Qatar, Ummon, Hindiston, Afğoniston, Bangladeş
«F»: Yaponiya, Qirğiziston, Tojikiston, Myanmar, Möğuliston
«G»: BAA, Vetnam, Tailand, Malayziya, Indoneziya
«H»: Janubiy Koreya, Livan, KXDR, Turkmaniston, Şri-Lanka

2-bosqiç öyinlari şu yil 5 sentyabrdan boşlanib, 2020 yil iyunigaça davom etadi. Yakunda 8ta guruh ğoliblari va 2-örin egalaridan eng yaxşi körsatkiçga ega 4ta jamoa (jami 12ta terma) JÇ saralaşining keyingi bosqiçiga çiqadi va Osiyo kubogi yöllanmasini qölga kiritadi.

Taqvimga asosan, Özbekiston milliy jamoasi saralaşni 5 sentabr kuni safarda Falastinga qarşi öyin bilan boşlaydi.

10 sentyabrga belgilangan 2-tur bahslarida esa Ektor Kuper jamoasi qatnaşmaydi. Oktabr oyida Yaman, noyabrda esa Saudiya Arabistoni va Falastin termalari Toşkentda mehmon böladi.

Sönggi turda guruh favoritlari töqnaşuvi kuzatiladi – 2020 yil iyunida Özbekiston Saudiya Arabistoni mehmoni böladi.

5 sentabr
Falastin – Özbekiston
Singapur – Yaman

10 sentabr
Yaman – Saudiya Arabistoni