Shuningdek, Aksilkorrupsiya agentligi sportning boshqa yo‘nalishlarida ham davlat tomonidan ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishiga oid o‘rganish ishlarini olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, kuni kecha Kun.uz o‘z ixtiyoridagi ma’lumotlarga tayanib, O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasining moliyaviy faoliyatiga aloqador masalalar yuzasidan surishtiruv e’lon qilgan edi. Maqolada federatsiya o‘z balansidagi Malibu avtomobilini «Markaziy shaxmat klubi» MChJga bozor qiymatidan 3 barobar arzonroqqa sotgan va bu tashkilotga 1,8 milliard so‘mdan ortiq pul mablag‘larini o‘tkazib bergani keltirilgan.

Ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, «Markaziy shaxmat klubi» MChJ direktori Husan Turdialiyev bir vaqtning o‘zida jamoatchilik asosida Shaxmat federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlaydi. Malibu’ni sotib olgan MChJ ta’sischilaridan biri Jahongir Kamolov esa Shaxmat federatsiyasining IT-menejyeri hisoblanadi.