Bugun Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida prezident Administratsiyasi rahbari Zaynilobiddin Nizomiddinov boşçiligida kengaytirilgan hay'at yiğilişi bölib ötdi.

Yiğilişda prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi mas'ul xodimlari, vazirlik va mutasaddi idoralar rahbarlari iştirok etdi.
Yiğilişda hukumat va Oliy Majlis palatalari bilan hamkorlikni kuçaytiriş, axborot siyosatini işlab çiqiş va amalga oşiriş, axborot xavfsizligini ta'minlaşga oid tizimli işlarni taşkil qiliş, davlat organlari faoliyatining oçiqligini ta'minlaşda axborot xizmatlarining nufuzini oşiriş, Agentlik tizimiga mahalliy va xorijiy investitsiyalarni jalb etiş, matbaa va noşirlik, kutubxonaçilik sohasini zamonaviy uskunalar bilan ta'minlaş va boşqa dolzarb masalalar muhokama qilindi. Xususan, davlat rahbari tomonidan ilgari surilgan 5 ta taşabbus böyiça belgilangan vazifalarni sifatli va samarali amalga oşiriş masalalari alohida qayd etildi.
Kengaytirilgan yiğilişda, şuningdek, yiğiliş iştirokçilariga va Agentlik jamoasiga yangi rahbariyat tarkibi taniştirildi – Agentlik direktori vazifasini bajaruvçi Komil Ismoiloviç Allamjonov, direktorning birinçi örinbosari Avazbek Jabborkuloviç Xodjimetov, direktor örinbosarlari etib Saida Şavkatovna Mirziyoyeva hamda Ğayrat Nazaroviç Bozorov tasdiqlandi.



S.Mirziyoyeva Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Özbekiston Respublikasining çet ellarda ijobiy imijini şakllantiriş – PR-markaz vazifasi ijrosi, şuningdek, agentlikning davlat organlari axborot xizmatlari faoliyatini muvofiqlaştiriş kabi vazifalar uçun mas'ul böladi.
















