O‘zbekiston | 10:00 / 15.09.2023
8261
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston bo‘yicha eng xavfli yo‘l va chorrahalar xaritasi shakllantiriladi 

Xaritada harakatni tartibga solish uchun zarur bo‘lgan svetofor, yo‘l to‘siqlari, yerusti va yerosti piyodalar yo‘laklari aniq soni va o‘rnatilish joylari, shuningdek, ta’mirtalab, jiddiy xavf tug‘dirayotgan yo‘l qismlari joylashuvi ko‘rsatiladi. 

Foto: Kun.uz

O‘zbekiston ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov mamlakat aholisiga murojaat bilan chiqdi. Murojaat matni “Yangi O‘zbekiston” nashrida e’lon qilingan.

Qayd etilishicha, “Yo‘l harakati xavfsizligi – jamoatchilik nazoratida” tamoyili asosida yiliga kamida ikki marta ijtimoiy so‘rov o‘tkazish, shuningdek, barcha yo‘l-patrul xizmati xodimlari uchun mahallalarni qamrab oluvchi javobgarlik hududini belgilab qo‘yish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi. Bunda Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi va Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati tomonidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha Oliy Majlis, mahalliy kengashlar va keng jamoatchilikka har yarim yilda hisobot berib boriladi.

Mamlakat bo‘yicha eng xavfli yo‘l va chorrahalar xaritasi shakllantiriladi. Ushbu xaritada harakatni tartibga solish uchun zarur bo‘lgan svetofor, yo‘l to‘siqlari, yerusti va yerosti piyodalar yo‘laklarining aniq soni va o‘rnatilish joylari, shuningdek, ta’mirtalab, jiddiy xavf tug‘dirayotgan yo‘l qismlarining joylashuvi ko‘rsatiladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari ko‘magida, konsultantlarni jalb qilgan holda, ushbu yo‘l va chorrahalarda tartib o‘rnatish ishlari boshlanadi.

Aholiga elektron davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifati va ko‘lamini oshirish, idoralararo axborot almashish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha zarur choralar ko‘riladi.

Mavzuga oid