Bugun, 14 sentabr kuni, Oliy Majlis Senatining 22 yalpi majlisi ötkazildi. Unda senatorlar, hukumat a'zolari, vazirlik va idoralar rahbarlari iştirok etdi.
Yalpi majlisda «Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengaşini tuziş töğrisidagi Naxiçevan bitimini ratifikatsiya qiliş haqida»gi Özbekiston Respublikasi qonuni tasdiqlandi.
Ta'kidlanişiça, hozirgi vaqtda 4 ta davlat: Ozarbayjon, Qozoğiston, Qirğiziston, Turkiya Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengaşi a'zolari hisoblanib, mazkur taşkilot 2009 yil 3 oktyabrda Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengaşini tuziş töğrisidagi Naxiçevan bitimiga muvofiq tasdiqlangan.
Taşkilot Turkiy tilli davlatlarning rahbarlari kengaşi, Taşqi işlar vazirlari kengaşi, Katta mansabdor şaxslari qömitasi, Oqsoqollar kengaşi va Kotibiyatdan tarkib topgan bölib, a'zo mamlakatlarning iqtisodiy, investitsiya, bojxona, transport, ta'lim, turizm, axborot kabi sohalarda mutasaddi taşkilotlar va mutaxassislari iştirokida uçraşuvlar taşkillaştirilib, har bir a'zo davlatning manfaatidan kelib çiqqan holda kelişuvlarga erişiladi.
Senatning Xalqaro munosabatlar, taşqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qömitasi raisi Alişer Kurmonovning ma'lumot berişiça, Özbekiston rahbari 2018 yil 3 sentyabrda Qirğizistonning Çölponota şahrida ötkazilgan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengaşining oltinçi sammitida iştirok etib, Özbekistonning uşbu taşkilotga a'zo davlatlar bilan özaro savdo hajmi 40 foizdan oşganini va bu körsatkiçdan yuqori marraga ham erişiş mumkinligini, buning uçun savdo-iqtisodiy hamkorlikni kuçaytiriş zarur ekanligini ta'kidlagan.

«Özbekistonning mazkur tuzilmaga a'zo bölişi mamlakat uçun savdo va investitsiyaviy jihatdan qulay şaroit yaratadi. Ta'lim, kapitallar, xizmatlar va texnologiyalarning erkin harakatlanişiga, bank amaliyotidagi masalalarni yengillaştirişga yordam beradi», - deydi senator Alişer Kurmanov.
















