«Fuqarolarning ushbu shaharlarga kirishi va chiqishi cheklanadi. Favqulodda holatlar hamda yuk avtomobillari bundan mustasno.
Vaziyatdan kelib chiqib, ushbu hududlarga yondosh tumanlarda oziq-ovqat yarmarkalari tashkil etilmoqda», — deyiladi xabarnomada.
Eslatib o‘tamiz, bungacha Toshkent va Nukus shaharlari hamda 12 ta viloyatning ma'muriy markazi bo‘lgan shaharlarda karantin talablari kuchaytirilib, shaharlarga kirish va chiqish cheklangan edi.












